Yulduzli top-7 lik: Dunyo futbolidagi eng qimmat 7 klub va futbolchilar nomi bilan tanishamiz
Transfermarkt portali barcha futbolchi va jamoalarning yangilangan transfer narxini ma'lum qildi. Messi va Ronalduning narxi hamda O'zbekistonning eng qimmat futbolchilarining top-7 lik ro'yxati qanday?
3 daqiqa o‘qiladi

Futbolchilarning transfer qiymatini belgilab boruvchi nufuzli portal — Transfermarkt yashil maydon egalarining yangilangan narxini e'lon qildi. Shuningdek, portal Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hududidagi har bir mamlakatning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini ham taqdim etgan.
MDH davlatlarining eng qimmat futbolchilari
Umumiy ro‘yxatdan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan.
Gruziya: Xvicha Kvaratsxeliya (80 million yevro, “Napoli”);
Ukraina: Aleksandr Zinchenko (42 million yevro, Londonning “Arsenal” klubi);
Rossiya: Aleksandr Golovin (30 million yevro, “Monako”);
Armaniston: Eduard Spertsyan (18 million yevro, “Krasnodar”);
Qozog‘iston: Bahtiyor Zaynutdinov (6 million yevro, “Beshiktosh”);
Moldova: Oleg Ryabchuk (5 million evro, “Spartak Moskva”);
O‘zbekiston: Abbosbek Fayzullayev (5 million yevro, “SSKA”);
Litva: Gvydas Gineitis (2 million yevro, “Torino”);
Estoniya: Karl Xayn (2 million yevro, Londonning “Arsenal” klubi);
Belarus: Ilya Shkurin (2 million yevro, “Stal”);
Ozarbayjon: Renat Dadashov (2 million yevro, “Xatayspor”);
Latviya: Raymonds Krollis (1,5 million yevro, “Vishkov”);
Tojikiston: Rustam Yatimov (1,2 mln yevro, “Istiqlol”);
Qirg‘iziston: Guljigit Alikulov (550 ming yevro, “Neman”);
Turkmaniston: Ruslan Mingazov (450 ming yevro, “Kitchi”).

O'zbekistonning eng qimmat top-7 futbolchilari
Qiziqarlisi, portal O'zbekistonning eng qimmat o'yinchisi sifatida Abbosbek Fayzullayevni taqdim qilgan. Vaholanki, Eldor Shomurodov ham xuddi shu raqamdagi qiymatga ega. O'zbekistonning eng qimmat o'yinchilarining TOP-7 ligi quyidagicha shakllanadi:
1. Abbosbek Fayzullaev — 5 mln. yevro
1. Eldor Shomurodov — 5 mln. yevro
3. Aziz Ganiev — 3,5 mln. yevro
4. Otabek Shukurov — 2,5 mln. yevro
5. Abdukodir Khusanov — 2 mln. yevro
6. Jaloliddin Masharipov — 1,5 mln. yevro
7. Odildzhon Khamrobekov — 1,2 mln. yevro
7. Khusniddin Alikulov — 1,2 mln. yevro
/origin-imgresizer.eurosport.com/2020/10/21/2919371-59981388-2560-1440.jpg)
Dunyoning eng qimmat top-7 klublari
Ushbu ro'yxatdagi natijada oxirgi yillarda peshqadam nomi o'zgarmasdan kelmoqda. Hattoki, uning yoniga yana bir ingliz klubi kelib qo'shilganini ham e'tirof etmay bo'lmaydi. Demak, ushbu yettilik quyidagicha:
1. "Manchester Sitiy" — 1,27 mlrd. yevro
2. "Arsenal" — 1,12 mlrd. yevro
3. "Real Madrid" — 1,04 mlrd. yevro
4. "PSJ" — 1,02 mlrd. yevro
5. "Bavariya" — 929 mln. yevro
6. "Chelsi" — 928 mln. yevro
7. "Liverpul" — 921 mln. yevro

Dunyoning eng qimmat top-7 futbolchilari
Nihoyat, futbol ixlosmandlari intiqib kutgan ro'yxatga ham yetib keldik. Ro'yxat doimiy Yevrofutbol havosidan nafas oluvchilar uchun yangilikdek tuyulmasligi mumkin, ammo oxirgi ikki oylik natijalardan bebahra odam uchun yetarlicha o'zgarishlar mavjud.
1. Jud Bellingem — 180 mln. yevro
2. Erling Xaaland — 180 mln. yevro
3. Kyillian Mbappe — 180 mln. yevro
4. Vinisius Junior — 150 mln. yevro
5. Bukayo Saka — 130 mln. yevro
6. Fil Foden — 130 mln. yevro
7. Florian Virtsz— 110 mln. yevro
O'zga sayyorada narx-navo qanday?
Biz yuqorida yer sayyorasiga mansub futbolchilarning narxlari haqida hikoya qildik. Endi e’tiborimizni o‘zga sayyoralarga qaratamiz.. Bilasiz, u yerda ham ikki futbolchi mavjud. Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi. Portal ushbu ikki "sehrgarlar"ning ham ayni damdagi qiymatini keltirib o‘tibdi. Unga ko‘ra, Lionel Messining narxi — 30 mln. yevroni tashkil qilgan. Krishtianu esa — 15 mln. yevroga baholanmoqda. Ha, muxlislar tomonidan bebaho, deya ta’riflanib kelgan futbolchilarning ham bu portaldagi bahosi mavjud.



