$
 12502.99
-21.9
 14484.71
28.48
 155.94
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

“Tolibon” tarkibida O‘zbekiston ham mavjud bo‘lgan “Islom imperiyasini” qurmoqchi

Tolibon

Ijtimoiy tarmoqlarda “Tolibon” targ‘ibotchilari tomonidan tayyorlangan, “Islom imperiyasi”ning kelajak xaritasi tasvirlangan video tarqaldi. Tarqalgan videoda, 2070-yilga kelib Markaziy Osiyo, Hindiston, Pokiston, Xitoy, Yaqin Sharqning musulmon davlatlari, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Afrikaning ba’zi davlatlari, hattoki Rossiyaning ham ayrim hududlari tarkibida bo‘lgan, “Islom imperiyasi” tasvirlangan.

"X"dan daraklar

Jurnalist Bilol Sarvariy o‘zining X sahifasida “Islom imperiyasi” haqida o‘z fikrini bildirib o‘tgan. “Hoji Najib nomi bilan tanilgan, Tolibon hukumatining Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Mavlaviy Rahmatulloh minglab jangchilarni Yaqin Sharq mamlakatlariga, jumladan, Yaman, Suriya, Livan va Falastinga yuborishni muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi. Ular bir qator terrorchi guruhlarga ko‘mak ko‘rsatishi nazarda tutilgan”, - deydi Bilol Sarvariy.

Kelajakdagi ehtimoliy jangovar harakatlar

Afg‘onshunos Suhrob Bo‘ronov “Tolibon” targ‘ibotchilarining o‘z hududidan tashqarida ham jangovar harakatlarni olib borishga moyilligi mavjudligi, buni faqat vaqt ko‘rsatishi mumkinligini aytib o‘tgan. Ma’lumot uchun, “Tolibon” Afg‘onistonda to‘liq islomiy va mustaqil tuzum hukmronligida harakat qilib, Islom Amirligini tashkil etishga intilmoqda. Ular hukumat yuqorisiga kelganlaridan beri Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) va boshqa islomiy davlatlar bilan yaxshi aloqalarni rivojlantirishga harakat qilib keladi.