$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Afg‘onistonda terrorchilarni tayyorlash lagerlari soni ortib bormoqda

“Tolibon”

BMT monitoring guruhining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, Afg‘onistonda terrorchilarni tayyorlash lagerlari soni sezilarli darajada oshgan

BMT ma’lumotlari

Ushbu lagerlar Al-Qoida va Tolibon ko‘magida “Tehrik-e Tolibon” hamda “Jamoat Ansorulloh” kabi terrorchi guruhlar tomonidan tashkil etilmoqda. Jangarilarni tayyorlashning asosiy markazlari sharqiy Xost, Kunar va Nangarhor viloyatlarida, Pokiston bilan chegara yaqinida joylashgan. Hisobotga ko‘ra, “Al-Qoida” terror tashkiloti Afg‘onistonning 34 viloyatidan 14 tasida nishonlarni nazorat qiladi. Yana bir qator manbalar “Jamoat Ansorulloh” Tojikiston hukumatini ag‘darish uchun jangarilarni faol tayyorlayotganini ham iddao qiladi.

Terrorchi guruhlar haqida

“Jamoat Ansorulloh” Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida, Tojikiston bilan chegarada joylashgan tojik hukumatiga qarshi islomiy guruh hisoblanadi. 2006-yilda tashkil etilgan tashkilotning maqsadi Tojikistonni islom amirligiga aylantirish deya ma’lum qilingan. Tashkilot rahbari Tojikiston fuqarosi Muhammad Sharifov (Mehdi Arsalan nomi bilan mashhur). “Tehrik-e Tolibon” 2007-yilda tuzilgan Pokistonda radikal islomiy davlat barpo etish tarafdori bo‘lgan guruh hisoblanadi. Guruh harbiy va tinch aholi nishonlariga ko‘plab hujumlar urishtirganlikda gumonlanadi. 2018-yildan buyon uni Nur Vali Mehsud boshqarib kelmoqda. 

Mintaqa uchun potensial xavf

Ekspertlarning ta’kidlashicha, 2021-yilda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng Afg‘oniston radikal guruhlarni jalb qilish markaziga aylangan. PIR markazi tahliliga ko‘ra, mamlakatda 30 dan ortiq ekstremistik tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda, ular orasida “Al-Qoida” va “Islomiy davlat” ham Afg‘onistondan jangarilarni tayyorlash va mintaqada o‘z ta’sirini kengaytirish uchun foydalanmoqda. O‘z o‘rnida Afg‘onistonda terrorchilar lagerlari soni ortib borayotgani xalqaro hamjamiyatni jiddiy tashvishga solmoqda. Pokistonga ortib borayotgan hujumlar, Tojikistonga tahdid va radikal guruhlar ta’sirining kuchayishi butun mintaqa xavfsizligi uchun potensial xavflarni keltirib chiqarmoqda.

Теги :
Jamiyat