O‘zbekiston va AQSh sukutda, “Tolibon“ esa talab qilishda davom etmoqda
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi yangi bayonot bilan chiqdi.
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi yangi bayonot bilan chiqdi.
“Tolibon“ hukumati diqqat-e’tiborida turgan eng asos masala
O‘zbekistonda qolayotgan AQSh aviatexnikasining taqdiriga oid so‘nggi yangilik ham Afg‘onistondagi Tolibon hukumatining e’tiboridan chetda qolmadi. Vazirlik yetti qiruvchi vertolyotning O‘zbekistondan Amerika Qo‘shma Shtatlariga qaytarilganiga oid xabarlardan Islomiy Amirlik xavotirda ekanligini bildirdi. AQSh tomoni yaroqli, deb topgan “Black Hawk“ rusumidagi bu vertolyotlar Afg‘onistonning amaldagi saylangan hukumati qulatilgan 2021-yilda afg‘on uchuvchilari tomonidan havo hududlarini buzib, O‘zbekiston va Tojikistonga olib qochilgan AQSH harbiy aviatexnikasining bir qismi bo‘ladi. O‘nlab sondagi bu harbiy aviatexnikaning taqdiri o‘zi Afg‘onistonda qudratga qaytgan so‘nggi to‘rt yilcha vaqt ichida “Tolibon“ hukumati diqqat-e’tiborida turgan eng asos masalalardan biri ekani ko‘riladi. Ya’ni, Amerika tomonining bu o‘zlarining mulklari ekani va rasmiylarning ulardan aksariyati O‘zbekiston ixtiyoriga topshirilganiga oid bayonotlari ham “Tolibon“ hukumatini mazkur aviatexnikani Afg‘onistonga qaytarish talabidan qaytara olmagan.
“Tolibon“ bayonoti
“Tolibon“ Mudofaa vazirligi o‘zining so‘nggi bayonotida ham mazkur vertolyotlarning Afg‘onistonga tegishli ekanini qayta bayon qilgan. Ular sobiq ma’muriyat mulozimlari qochgan paytda, O‘zbekistonga o‘tib qolgani va Afg‘onistonga qaytarilishi kerakligini yana bir bor ta’kidlagan. O‘zlarining bu vertolyotlarning Amerika Qo‘shma Shtatlariga qaytarilishini “hech qanaqasiga qabul qila olmaslik“larini ham bildirgan. Tolibon Mudofaa vazirligi buning sababini “Afg‘oniston xalqi o‘z haqqini himoya qilish va talab qilish huquqiga ega ekani, shuning barobarida, qo‘shni davlatlar ham afg‘onlarning huquqlarini hurmat qilishlari shart“ ekanligi bilan izohlagan.



