8000 qutiga yaqin yaroqsiz tamaki mahsulotlari ushlandi
Raqamli markirovkadan o‘tmagan hechbir tovarga ishonib bo‘lmaydi. Ishonchsiz mahsulotlar to‘xtatib qolindi.
1 daqiqa o‘qiladi

Raqamli markirovkadan o‘tmagan hechbir tovarga ishonib bo‘lmaydi. Ishonchsiz mahsulotlar to‘xtatib qolindi.
Tamaki kuryeri
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi, kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro boshqaruvida bo‘lgan "nexia" avtomobili kuzatuvga olinib, viloyatning Qo‘shtepa tumani hududida to‘xtagan paytida qo‘lga olinadi.
Xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtomobil salon qismi va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona tekshiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hechqanday hujjatlari bo‘lmagan 4 500 qutiga yaqin tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.
Qiymati 54 million so‘m
Tekshiruvlar natijasida, mazkur mahsulotlar raqamli markirovkadan o‘tkazilmaganligi aniqlanib, ularning dastlabki qiymati 54 million so‘m ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Endi "monza"da
Yana bir shu kabi holatda, fuqaro boshqaruvidagi "monza" rusumli avtomobil Qo‘shtepa tumanida to‘xtatib tekshirilganida, avtomobilda 3 500 quti, dastlabki qiymati 42 millionni tashkil etuvchi, maxsus marka va raqamli markirovkaga ega bo‘lmagan, bundan tashqari, chekishning oqibatlaridan ogohlantiruvchi belgilarsiz bo‘lgan tamaki mahsulotlari qo‘lga olindi.
Tezkor tadbir natijasi
O‘tkazilgan tezkor reyd tadbiri davomida, umumiy qiymati 96 million so‘mlik 8000 qutiga yaqin chet davlatdan olib kelingan va yaroqlilik talablariga javob bermaydigan tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi.



