$
 12279.48
13.71
 14508.21
16.2
 159.25
0.18
weather
+26
Кечаси   +14°

Epsteyn tirik bo‘lishi mumkin(mi?)

epshteyn

Internetda Jeffri Epsteyn tirik bo‘lishi mumkinligi haqidagi nazariya tarqaldi. Bunga go‘yoki u bilan bog‘liq bo‘lgan Fortnite akkauntining faolligi sabab bo‘lgan. 

Isroil hududida

Gap littlestjeffi taxallusi bilan ochilgan profil haqida ketmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, ushbu akkaunt 2019-yildan keyin Isroil hududida faol bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

Xabarlarga ko‘ra, Epsteyn ishi bo‘yicha fayllarning yangilangan versiyalarida ushbu foydalanuvchi nomining moliyachi bilan bog‘liqligi haqida eslatmalar mavjud. Bu bog‘liqlik turli raqamli izlar, jumladan, YouTube’dagi obunalar orqali aniqlangan. Internetdagi qiziqish kuchayganidan so‘ng, xabarlarga ko‘ra, mazkur profil yopiq rejimga o‘tkazilgan.

Shu bilan birga, rasmiy hujjatlarda Jeffri Epsteyn 2019-yil 10-avgust kuni Nyu-Yorkdagi qamoqxonada vafot etgani qayd etilgan. Ayrim da’volarga ko‘ra, littlestjeffi profilining mavjudligi va so‘nggi kunlardagi faolligi bu ma’lumotlarga shubha uyg‘otmoqda.

Epshteyn egizagi

Epsteyn ishi bo‘yicha fayllarning so‘nggi yangilanishlarida ilgari e’lon qilinmagan materiallar chop etilgan. Ular orasida Epsteynning jasadi tasvirlangan suratlar, sud-tibbiy ochish hisobotlari, psixologik xulosalar hamda qamoqxona ichki hujjatlari mavjud.

Tahlilchilarga ko‘ra, internetda tarqalgan bu da’volar haqiqatga yaqin emas, lekin Epsteynning egizagi ham bo‘lishi mumkin. Yana ba’zi birlar qamoqda Epsteynning o‘zi emas, uning qiyofadoshi yoki yaqin qarindoshi o‘lganini aytmoqda.

Теги :
Jamiyat