Yakshanba, 18-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +13° kechasi +11°

Soxta nogironlarni hibsga olish boshlandi

Reyd davomida o’zini nogiron qilib ko‘rsatib, tilanchilik qilayotgan ikki nafar fuqaro 5 kundan 15 kungacha qamoqqa olingan.

2 daqiqa o‘qiladi

Soxta nogironlarni hibsga olish boshlandi

Tojikistonda o‘zini nogironday ko‘rsatib, tilanchilik bilan shug‘ullanib kelgan shaxslarga qarshi kurash boshlandi. Bu haqda “Sputnik Tojikiston” xabar berdi.

5 sutkadan 15 sutkagcha qamoq

Tekshiruvlar davomida Dushanbe Ichki ishlar vazirligi xodimlari 1990-yilda tug‘ilgan Vahdat shahrida yashovchi, o‘zini nogiron deb tanishtirgan va tilanchilik bilan shug‘ullangan jismoniy sog‘lom, mehnatga layoqatli shaxsni aniqlagan. Bundan tashqari, g‘ildirakli aravachada o‘zini nogiron qilib ko‘rsatib, yo‘lda tilanchilik qilayotgan 1966-yilda tug‘ilgan Hisor fuqarosi ham qo‘lga olingan.

Har ikki fuqaro bunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida avvalroq rasmiy ogohlantirilganiga qaramay, bunga rioya qilmagan. Natijada ikkalasi ham 5 kundan 15 kungacha qamoqqa olingan.

Bizda bu borada qonunchilik qanday?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi 188−3-moddasiga muvofiq aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, bekatlarda, yo‘llarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros ob’ektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab, tilanchilik bilan shug‘ullanish tilanchilik sifatida belgilangan.

Tilanchilik qilish eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.