$
 12055.81
36.54
 14008.85
24.43
 169.06
3.41
weather
+26
Кечаси   +14°

Sunʼiy intellekt hayvonlar tilini oʻrganmoqda

intellekt

National Geographic tadqiqotchisi David Gruber ommaga yangi CETI — Cetacean Translation Initiative loyihasini taqdim etdi.

Ushbu loyiha sun’iy intellekt yordamida hayvonlar chiqaradigan tovushlarni grafik va neyrotarmoq tahlillari asosida o‘rganib, ularning o‘zaro qanday muloqot qilishini tushunishga xizmat qiladi.

Hozirda loyiha doirasida “Listen to Whales”(Kitlarga quloq soling) nomli ish ommaga havola etilgan bo‘lib, u orqali insonlar CETI imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishlari hamda loyihani turli xayriya va qo‘llab-quvvatlash dasturlari orqali rivojlantirishga hissa qo‘shishlari mumkin. “Kitlar asta-sekin bizga o‘zlarining qanday muloqot qilish sirlarini oshkor etishmoqda”,—deydi Devid Gruber.

Bu tasodif emas

Loyiha davomida qushlar, kitlar, delfinlar, fillar va ko‘rshapalaklarning kommunikatsiya tizimi sun’iy intellekt va neyrotarmoqlar yordamida tadqiq qilinmoqda. Zamonaviy texnologiyalar hayvonlar tomonidan chiqariladigan ulkan hajmdagi audio ma’lumotlarni tahlil qilish, ulardagi takrorlanuvchi naqshlar hamda yashirin qonuniyatlarni aniqlash imkonini bermoqda. Tadqiqotlar hayvonlar o‘rtasidagi tovush almashinuvi tasodifiy emas, balki ma’lum tuzilma va tizimga ega ekanini ko‘rsatmoqda.


Xususan, kitlarning chertishsimon tovushlarida fonetik alifboga o‘xshash elementlar kombinatsiyasi aniqlangan. Bu haqida bundan bir necha yil avval Nature Comunication jurnalida chop etilgan tadqiqotlarga ko‘ra, delfinlar va fillar guruh ichida bir-biriga murojaat qilish uchun o‘ziga xos individual signallardan — go‘yoki “ismlar”dan foydalanadi. Ko‘rshapalaklar muloqotini tahlil qilish esa ularning signallarida axborotni yuboruvchi, qabul qiluvchi va kutilayotgan reaksiya haqidagi ma’lumotlar kodlangan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Tadqiqotchilar prognoziga ko‘ra, yaqin o‘n yil ichida sun’iy intellekt hayvonlar signallari ma’nosiga qarab — xavf, salomlashuv yoki hissiy holatlar kabi kategoriyalarga ajrata oladigan darajaga yetishi mumkin. Keyingi 20–30 yil ichida esa hayvonlar muloqot tizimini qisman tarjima qilish imkoniyati yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas.

Теги :
Jamiyat