$
 12165.24
-25.19
 14330.65
-32.11
 159.42
-2.67
weather
+26
Кечаси   +14°

Qozog‘istonda doimiy yashash guvohnomasini olish uchun qozoq tilini yaxshi bilish shart qilib qo‘yildi

Qozog

Qozog‘istonda yashash guvohnomasi olish uchun qozoq tilini bilishning yanada yuqori darajasi talab etiladi, deb DW’ga hukumat amaldorlaridan biri tasdiqladi.

Rad javob kela boshladi

13-apreldan buyon Qozog‘istonga ko‘chib kelgan Rossiya va Ukraina fuqarolari, ular orasida qondoshlar ham (chet elda yashagan etnik qozoqlar — tahr.) doimiy yashash guvohnomasi olish uchun ariza topshirishda rad javoblarini ola boshladi. Relokantlar Telegram-chatlarida qayd etilishicha, joriy etilgan majburiy qozoq tili testidan deyarli hech kim o‘ta olmagan.

Yashash guvohnomasiga da’vogarlar migration.enbek.kz saytida talab etilgan A1 darajasi (tilni bazaviy bilish — tahr.) o‘rniga, endi go‘yoki B2 darajasi (erkin muloqot qilish, murakkab matnlarni tushunish — tahr.) talab etilayotganini bildirgan. Guvohnoma olish qoidalari o‘zgargani haqida hozircha hech qayerda rasmiy tasdiq paydo bo‘lmagan.

DW bilan suhbatda Olmaota migratsiya xizmati vaziyatga izoh berishdan bosh tortdi, biroq hozirda Ostonada maslahatlashuvlar ketayotganini qayd etdi. «Bizga izoh berish taqiqlangan. Hozir bu masala kelishilmoqda. Ma’lumot uchun hukumat tuzilmalariga murojaat qiling», — deyilgan xizmat rahbarining qabulxonasida. 

Bir qator hukumat amaldorlari bilan suhbatlardan ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston Qozog‘istonda yashash guvohnomasi olish uchun qozoq tilini bilishning yanada yuqori darajasi talab etiladi, deb DW’ga hukumat amaldorlaridan biri tasdiqladi.

Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi mas’ul

Endi chet elliklarga yashash guvohnomasini berish uchun Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi mas’ul. 13-fevraldan u «raqamli skoring» deb ataluvchi — to‘lovga qobiliyatlik va ishonchlilikni baholovchi avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilgan, u Qozog‘istonda doimiy yashashni istagan barcha xorijiy fuqarolarni istisnosiz tekshiradi. Uning doirasida har bir immigrant, birinchi navbatda, qozoq tilini B1 darajasida bilish bo‘yicha test topshirishi shart.

«10-aprelgacha raqamli skoringning birinchi bandida haqiqatan ham elementar A1 daraja bo‘lgan. Ikkinchi band o‘zgarmadi — oila tarkibi, ma’lumot darajasi, ish staji, kompetensiyasi, sog‘lig‘i holati va Qozog‘istonda qarindoshlari bor-yo‘qligi tekshiriladi. Avvalgidek, mamlakat iqtisodiyoti uchun ayniqsa talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarga ustunlik beriladi», — dedi DW’ga amaldorlardan biri.

Yana yangiliklar

Yana bir qator yangiliklar ham kiritilmoqda. Endi arizani hukumat ustuvor deb belgilagan yetti hududdan biriga topshirish mumkin. Gap Oqmo‘la viloyatining ayrim tumanlari, Abay viloyati, shuningdek Sharqiy Qozog‘iston, Qo‘stanay, Pavlodar, Shimoliy Qozog‘iston viloyatlari va Ulutau haqida ketmoqda. Aholisi 1 milliondan ziyod bo‘lgan shaharlar — Olmaota, Ostona va Chimkent — ustuvor hududlar qatoriga kirmaydi, shuning uchun amalda Qozog‘istonda yashash guvohnomasi olishni istovchilar uchun yopilmoqda. Da’vogarlarning mahalliy ijro organlarida maxsus suhbatdan o‘tishi ham muhim hisoblanadi.

«Shunga muvofiq, agar nomzod skoringning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tsa, unga xabarnoma beriladi, shu asosda u Qozog‘iston Respublikasida doimiy yashash joyini rasmiylashtirish uchun migratsiya xizmatiga hujjatlarini topshirishi mumkin», — dedi DW suhbatdoshlari. Qozog‘iston migratsiya siyosatining yangi qoidalari nega hali rasman e’lon qilinmayotganini ulardan hech biri tushuntira olmadi. Shu bilan birga, yaqin kunlarda guvohnoma olishning yangilangan qoidalari haqidagi barcha tafsilotlar Qozog‘iston hukumatining rasmiy resurslarida va OAVda e’lon qilinishi qayd etildi.

Yangi qoidalar istisnosiz barcha chet elliklarga — nafaqat rossiyaliklar yoki ukrainaliklarga, balki qo‘shni Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolariga, shuningdek keyingi vaqtlarda Qozog‘iston shaharlarida ancha ko‘payib qolgan Xitoy fuqarolariga ham taalluqli bo‘ladi. Endi avvallari ancha gavjum bo‘lgan Olmaota migratsiya xizmati operatsiya zaliga borilganda, u yerda bu yangiliklardan hali bexabar bo‘lishi mumkin bo‘lgan kichik-kichik xitoyliklar guruhlarinigina ko‘rish mumkin.

Теги :
Jamiyat