Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +9°

Xorijiy atamalarning o‘zbek tilidagi muqobillari taklif etildi

Fanlar Akademiyasi ushbu atamalar yuzasidan ochiq muhokama e’lon qilgan bo‘lib, har bir fuqaro o‘z fikrini bildirib, muqobil variantlar taklif qilishi mumkin.

1 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy atamalarning o‘zbek tilidagi muqobillari taklif etildi

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari 30 ta yangi atama uchun o‘zbekcha muqobil so‘zlarni taklif qildi. Ushbu so‘zlar yakuniy emas, ularni muhokama qilish va boshqa takliflarni bildirish imkoniyati mavjud.

Taklif etilgan muqobil so‘zlar

Quyida taqdim etilgan so‘zlar orasida kundalik hayotda tez-tez uchraydigan atamalarning o‘zbekcha variantlari mavjud:

Atamalar bo‘yicha jamoatchilik fikri o‘rganiladi

Atamalar komissiyasining ishchi kengashi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan bir qancha variantlar koʻrib chiqilgan. Bu yakuniy variant emas, ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari boʻyicha boshqa fikr va mulohazalarni ham eshitishga tayyor. Fanlar Akademiyasi ushbu atamalar yuzasidan ochiq muhokama e’lon qilgan bo‘lib, har bir fuqaro o‘z fikrini bildirib, muqobil variantlar taklif qilishi mumkin. Shuningdek, huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev jamoatchilik uchun maxsus so‘rovnoma yaratdi. So‘rovnomani bu yerda to‘ldirish mumkin.