$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Respublika bo‘ylab 37 mingdan ziyod bemorga kafolatlanmagan tibbiy xizmat ko‘rsatilgan

tibbiyot shifoxona tibbiy xizmat

Raqobat qo‘mitasi tomonidan respublika miqyosida iste’molchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilish maqsadida Davlat tibbiyot muassasalari va xususiy klinikalarda tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash va sinash vositalarining metrologik ko‘rikdan o‘tkazilganligi va ulardan bemorlar ko‘rigida foydalanilish holati o‘rganildi.

Hududlardagi holat

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 88 bemorga kafolatlanmagan xizmat evaziga 2,64 million so‘m unortiqcha mablag‘lar undirilgan.

• Buxoro viloyati: 35 172 bemordan 152 million so‘mdan ortiq mablag‘ ortiqcha undirilgan.

• Surxondaryo viloyati: 398 iste’molchiga 8,94 million so‘mlik xizmatlar kafolatsiz ko‘rsatilgan.

• Qashqadaryo viloyati: 1 352 iste’molchiga 38,29 million so‘mlik ikki turdagi kafolatsiz xizmatlar taqdim etilgan.

• Toshkent viloyati: “KARDIO-SONO MED SERVIS” tomonidan o‘lchash funksiyalari bilan bog‘liq nazorat buzilgan.

Ortiqcha olingan mablag‘lar fuqarolarga qaytarib beriladi

Aniqlangan kamchiliklarga muvofiq, Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4, 12, 19, 20, 21 va 27-moddalari talablari buzilish alomatlari bilan xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot maskanlarga nisbatan, qonunbuzilish holatining bartaraf etilish va ortiqcha olingan pul mablag‘larni iste’molchilarga qaytarish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.