$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Hokim yordamchilari “trend”dan tushmayapti: yana bir hokim yordamchisining kirdikorlari fosh bo‘ldi

Hokim yordamchisi

Avgust oyida hokimlar, ularning yordamchilari-yu, o‘rinbosarlarining jinoyatlariga oid xabarlarning keti uzilmadi. Namanganda viloyat hokimi o‘rinbosari firibgarlik va davlat byudjetiga bosqinchilikda ayblanib, “kesilgan” bo‘lsa, Nurafshonning sobiq hokimi (va sobiq vazir) g‘aznadan milliardlab pullarni o‘margani uchun qamoqqa olindi. Endigi navbat Shahrisabz tumaniga.

Fuqarolar nomiga kredit olgan

Shahrisabz shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining hokim yordamchisi F.A. mansab mavqeidan foydalanib, to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoati uchun texnikalar ulgurji savdosiga ixtisoslashgan MCHJ rahbari R.M. bilan til biriktirib, 2022-2023-yillarda naslli chorva mollari sotib olish, parrandachilik, asalarichilik, tikuvchilik, issiqxona tashkil etish va boshqa maqsadlarda 14 nafar fuqaro nomidan imtiyozli kredit olish uchun shartnoma va hisob-faktura hujjatlariga elektron raqamli imzo orqali soxta ma’lumotlar

kiritgan holda aksiyadorlik tijorat bankiga taqdim etishgan. Natijada, bank tomonidan 440,3 mln. so‘m kredit mablag‘i ajratilgan.

Tuya to‘ydi, fil to‘ydi...

Bundan tashqari, hokim yordamchisi boshqa MCHJ rahbari X.S. bilan ham kelishib, 25 nafar fuqaro nomidan soxta ma’lumotlar taqdim etish orqali ATBdan 733,3 mln. so‘m kredit mablag‘i ajratilishiga erishgan. Shu tariqa, jami 1 mlrd. 173,6 mln. so‘m kredit mablag‘i talon-toroj qilingan.

Jazo muqarrar

Hozirda hokim yordamchisi, MCHJ rahbarlari hamda boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksininng 167 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.