Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 73 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +6°
Читать на русском

Telegram mini-ilovalar uchun yangi funksiyalarni joriy qiladi

Messenjer bir oy ichida mini-ilovalar uchun o‘nta yangi funksiyaga ega bo‘ladi, bu esa dasturchilarga yangi turdagi ilovalar va o‘yinlarni yaratish imkonini beradi.

1 daqiqa o‘qiladi

Telegram mini-ilovalar uchun yangi funksiyalarni joriy qiladi

“Telegram” rahbari Pavel Durov o‘rnatilgan mini-ilovalar uchun yangi funksiyalar ishga tushirilishini e’lon qildi.

Messenjer asoschisining taʼkidlashicha, ulardan ikkitasi yaqinda chiqqan messenjer yangilanishi bilan ish boshlagan. Gap foydalanuvchilarga xabar yuborish limitini kengaytirish, shuningdek, reklamani monetizatsiya qilish haqida ketmoqda.

Yangi funksiyalarga quyidagilar kiradi:

to‘liq ekran rejimi;

uy ekranidan tezkor ishga tushirish yorliqlari;

pulli obunalarni sozlash imkoniyati;

foydalanuvchining ruxsati bilan geolokatsiya ma’lumotlariga kirish;

qurilmaning gorizontal yoki vertikal holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga kirish;

media-fayllarni almashish va ularni chatlarga yuborish imkoniyati;

sovg‘alar jo‘natish;

emoji orqali namoyish etiladigan statuslarni qo‘llab-quvvatlash.

"Yangilanishlar 2−4 hafta ichida ishga tushirilishi kutilmoqda", – dedi Durov. 

Uning qayd etishicha, ular ishlab chiquvchilarga “o‘nlab yangi turdagi ilovalar va o‘yinlar” yaratish imkonini beradi.

Eslatib oʻtamiz, oktyabr oyi boshida “Telegram” rahbari bir qator yangi funksiyalar, jumladan, yuborilgan xabarlarga media-fayllarni qo‘shish va xabar qachon tahrirlanganini ko‘rish imkoni tez orada ishga tushirilishini e’lon qilgandi.