Avtobuslar tezligi 50 km/soat gacha cheklanmoqda
Bunday choradan maqsad yo‘lovchilar xavfsizligini yaxshilash va baxtsiz hodisalar sonini kamaytirishdir.
1 daqiqa o‘qiladi

Shuningdek, avtobus oynalariga cheklangan tezlik 50 km/soat ekanini bildiruvchi belgilar yopishtirilishi ma’lum qilindi.
Tezlikni cheklashdan maqsad
Bunday choradan maqsad yo‘lovchilar xavfsizligini yaxshilash va baxtsiz hodisalar sonini kamaytirish. Bu haqida “Toshshahartransxizmat” aksionerlik jamiyati xabar qildi.
“Yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash va yo‘llarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarni oldini olish maqsadida, “Toshshahartransxizmat” АJning tasarrufidagi barcha avtobuslar, “Toshavtota’mirxizmat” UK servis xizmati xodimlari tomonidan avtobus haydovchilari boshqaruv vaqtida tezlikni oshirmasliklari uchun maxsus dastur orqali tezliklari 50 km soat bilan chegaralanmoqda”, – deyiladi xabarda.
Avtobus oynalariga yopishtiriladigan belgilar
Shuningdek, avtobus oynalariga cheklangan tezlik 50 km/soat ekanini bildiruvchi belgilar yopishtirilishi ma’lum qilindi.
Hozirda shaharlar hududida ruxsat etilgan maksimal tezlik 60 km/soat hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avval Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xizmati boshqarmasining tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotganda — piyodalar o‘ng yoki chap qo‘llarini baland ko‘tarishlari kerakligi haqidagi tavsiyasi jamoatchilik orasida muhokamalarga sabab bo‘lgani haqida xabar qilgan edik.



