$
 12413.79
-52.65
 14468.27
-48.9
 154.86
-0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

“Islom davlati” terroristik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilgan 21 nafar shaxs qo‘lga olindi

Terrorizm

📍 Namangan viloyati boshqarma va viloyat ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “Islom davlati” terroristik tashkiloti g‘oyalari ta’siriga tushgan 21 nafar shaxs qo‘lga olindi.

🔑 Tadbir tafsilotlari:

– Guruh yetakchisi Pop tumani Yangiobod mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda noqonuniy kanallar yaratib, ularda “Islom davlati” g‘oyalarini targ‘ib qilgan.

Fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda Janubiy Koreyada ishlayotgan Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida ro‘yxatda turuvchi shaxs bilan tanishib, uning ta’siri ostida terroristik tashkilotlar faoliyatiga jalb qilingan.

🧩 Rejalashtirilgan faoliyat:

– Ushbu shaxslar, ota-onalarining roziligisiz, shar'iy nikohdan o‘tgan holda jangovar harakatlar amalga oshirilayotgan hududlarga hijrat qilishni rejalashtirgan.

– Shuningdek, ular o‘zining qarindoshlari va mahalladoshlarini terroristik tashkilotlarga jalb qilishni davom ettirgan.

📡 Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat:

– Qonunbuzarlar, ijtimoiy tarmoqlarda yashirin kanallar tashkil qilib, yaqin qarindoshlari, mahalladoshlari hamda ekstremizmga moyil shaxslarni a'zo qilib, ularga terrorestik tashkilotlarning qo‘poruvchilik harakatlari, qatl sahnalari, qonli janglar, amaldagi davlat tuzumini kuch bilan ag‘darishga qaratilgan g‘oyalarni tarqatib kelgan.

🔎 Dalillar va tergov:

– Tezkor tadbir davomida jamoat a'zo­laridan diniy adabiyotlar, axborot tashuvchilar va boshqa ashyoviy dalillar tegishli tartibda, xolislar ishtirokida protsessual tarzda rasmiylashtirildi.

📅 Natija va qonuniy chora-tadbirlar:

– Fosh qilingan jamoatning Namanganlik 4 nafar yetakchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 244 prim 1 va 244 prim 2 moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2 nafar yetakchiga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi, qolgan 17 nafar a’zoga nisbatan tergov harakatlari boshlanib, davom etmoqda.

Теги :
Jamiyat