$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Terrorchilarga beva ayollarni turmushga berayotgan ayol qidirilmoqda

odam savdosi

Ma’lum qilinishicha, Sattorova Roziya (laqabi Fotima) 1982-yilda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U turmush o‘rtog‘i ta’sirida “Jihodchilar” diniy ekstremistik tashkiloti g‘oyalarini qo‘llay boshlagan va oila a’zolariga hijrat, jihod qilish kerakligini aytib, da’vatlar qilib kelgan

“Tavhid va jihod” xalqaro terroristik tashkiloti

Qidiruvdagi shaxsning o‘zi ham turmush o‘rtog‘i va bir nafar farzandi bilan Turkiya orqali Suriyaga borgan hamda “Tavhid va jihod” xalqaro terroristik tashkiloti safiga qo‘shilgan. 

Jinoyatchi 4 yildan buyon qidiruvda

Shuningdek, u jamoat tarkibidagi beva ayollarga mas’ul etib tayinlangan. Hozirda tashkilot jangarilariga beva ayollarni turmushga berish hamda jamoat rahbarlarining topshiriqlarini ayollarga yetkazish bilan shug‘ullanib kelmoqda. 

Aybdor Jinoyat kodeksining 155-prim 2- moddasi 2-qismi, 244- prim 2-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, tergov organidan yashirinib kelgani uchun 2020-yildan buyon qidiruvda.