$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Termiz xalqaro savdo markazi ochilganidan buyon $15,5 millionlik mahsulot eksport qilindi

Termiz xalqaro savdo markazi

Surxondaryo viloyatidagi Termiz xalqaro savdo markazi orqali $15,5 million qiymatidagi mahsulotlar Afg‘onistonga eksport qilindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Kuniga 2 ming afg‘on

Hozirda ushbu hududga kuniga o‘rtacha ikki mingdan ortiq afg‘on fuqarolari tashrif buyurmoqda.

Savdo zonasida tadbirkorlar va fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Shu doirada Afg‘onistonning Balx viloyati bojxona tashkiloti rahbariyati va Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasi rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda afg‘on tadbirkorlarining faoliyati, chegara va bojxona nazorati, valyuta ayirboshlash hamda eksport hajmini oshirish bo‘yicha fikrlar almashildi.

Afg‘onistonliklar vizasiz 15 kun mamalakatda bo‘lishi mumkin

Ma’lumot uchun, joriy yilning 29-avgust kuni savdo markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu markazda afg‘onistonliklar uchun ham savdo nuqtalarini ochishga va ijaraga olishga ruxsat etilgan. Qo‘shni davlat fuqarolari respublikada 15 kun davomida vizasiz bo‘lishi mumkin.

Qirg‘istonning kirib kelishi

Shuningdek, Afg‘onistonga mahsulot eksportini amalga oshirish maqsadida 2024-yil 11-noyabr kuni Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi va “Termez International Trade Centre” boshqaruv kompaniyasi vakillari tomonidan Termiz xalqaro savdo markazida savdo pavilyoni sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.

Pavilyonni sotib olish Qirg‘izistonga savdo pozitsiyalarini mustahkamlashga va mahsulotlarini O‘zbekiston hamda Afg‘oniston bozorlariga eksport qilishga imkon beradi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot