$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi iroda namoyish etgan o‘yinda Jahon Chempionati yo‘llanmasidan quruq qoldi

Ufa

Xitoyda o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi chorakfinal bahslari yakunlandi. 

O‘zbekiston penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi

Chorakfinal bosqichining yakuniy o‘yinida amaldagi chempion O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan to‘qnash kelib, asosiy vaqtda superkambek amalga oshirdi. 1:3 hisobida ortda borayotgan terma jamoamiz 90 va 90+4-daqiqalardagi gollar evaziga hisobni tenglashtirib, o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga olib o‘tishdi. Qo‘shimcha 30 daqiqalikda darvozalar daxlsiz qoldi, penaltilar seriyasida esa koreyslar darvozaboni seyvlari bilan jamoasiga g‘alaba keltirdi. 

JCh yo‘llanmasi “kuydi”

Bu mag‘lubiyat ortidan O‘zbekiston terma jamoasi nafaqat turnirni tark etishdi, balki Chilida o‘tadigan Jahon Chempionati yo‘llanmasini ham qo‘lga kirita olishmadi. Yarimfinalga chiqqan Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Koreya Osiyo nomidan kuzda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi.

Теги :
Jamiyat