$
 12014.48
-39.55
 13858.70
-73.35
 166.61
-0.44
weather
+26
Кечаси   +14°

OpenAI ustidan tergov boshlandi

openai

AQSHning bir nechta shtatlari OpenAI kompaniyasi faoliyati yuzasidan tergov boshladi va shu doirada startapga rasmiy ma’lumot so‘rov xati yubordi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Sabab nima?

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘rov ChatGPT sun’iy intellekt tizimi foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlarga, ayniqsa bolalar va yoshi katta internet foydalanuvchilariga taalluqli.

Xabar qilinishicha, ushbu so‘rov Nyu-York shtati bosh prokurori Letitsiya Jeyms tomonidan bir nechta shtatlar koalitsiyasi nomidan yuborilgan. Nyu-York prokuraturasi hozircha bu masala bo‘yicha izoh bermagan.

OpenAI esa shtat prokurorlari bildirgan xavotirlarni jiddiy qabul qilayotganini va ular bilan konstruktiv muloqot olib borishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, kompaniya voyaga yetmagan foydalanuvchilar hamda ruhiy holati zaif bo‘lgan insonlarni himoya qilish bo‘yicha xavfsizlik choralarini kuchaytirganini bildirgan.

“Sun’iy intellekt yangi va kuchli texnologiya hisoblanadi. Biz uning imkoniyatlaridan mas’uliyatli tarzda foydalanishni ta’minlash ustida har kuni ishlayapmiz”, degan kompaniya vakili.

Shuningdek, Florida shtatida OpenAI bilan bog‘liq boshqa tergov ham olib borilmoqda. Bu ish ChatGPT’ning ommaviy otishma bilan bog‘liq holatdagi roli yuzasidan ochilgan.

Bundan tashqari, Kanada fuqarosi ham OpenAI’ga qarshi da’vo qo‘zg‘atib, ChatGPT uning qizini o‘z joniga qasd qilishga undaganini iddao qilgan.

Теги :
Jamiyat