Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi noqonuniy tender o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
Bunda yo‘l belgilari uchun bo‘yoqlar va shisha mahsulotlarini xarid qilish uchun qiymati 26 mlrd. 500 mln. so‘mlik tender o‘tkazilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

"Raqobat to‘g‘risida"gi Qonunining buzilishi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan 2024-yil 10-iyunda boshlang‘ich qiymati 26 mlrd. 500 mln. so‘mga yaqin bo‘lgan, yo‘l belgilari uchun bo‘yoqlar va shisha mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tender savdolari yuzasidan murojaat kelib tushgan.
Tenderda Raqobat to‘g‘risida"gi Qonunining 29-moddasi talablari buzilgan deb topildi.
Javobgarlik
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga nisbatan tender savdo natijasini haqiqiy emas deb topish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Shuningdek, ushbu qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxsga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikni belgilash masalasi ko‘rib chiqiladi.



