$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston va Xitoyni bog‘lovchi temiryo‘l qurilishi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Temiryo

O‘zbekiston va Xitoyni bog‘lovchi loyiha 27-dekabr sanasidan ishga tushadi. Bu haqida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov xalq qurultoyida ma’lum qildi.

Ilgari qurilish ishlari joriy yilning oktyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan edi. Sadir Japarovning ta’kidlashicha, Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasi o‘nlab yillar davomida cho‘zilib kelgan. May oyida Sadir Japarov uch davlat o‘rtasidagi temir yo‘l qurilishi 2024-yil oktyabr oyida boshlanishini aytgandi. Loyihani amalga oshirish uchun mamlakatlar qo‘shma kompaniya tuzishga kelishib olgan. Ishtirokchilarning korxonadagi ulushi: Xitoy 51 foiz, Qirg‘iziston va O‘zbekiston 24,5 foizdan.

Avvlroq Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov 2024-yilning oktyabr oyida qurilishi boshlangan “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘li uchun yer ajratilishi haqidagi qarorni imzolagan edi. Administratsiyasi rahbari imzolagan hujjat Jalolobod shahridagi yer maydonlarini xalqaro loyihani amalga oshirish uchun transformatsiya qilishni tartibga soladi. Qarorda qishloq xo‘jaligi va suv fondi toifalaridan 44,29 gektar yerni “sanoat, transport, aloqa, energetika, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar” toifasiga o‘tkazish nazarda tutilgan. Jumladan, 36,55 gektar sug‘oriladigan ekin maydonlari, 7,54 gektar lalmikor yer, 0,2 gektar botqoqlar.

Qirg‘iziston tomonining bitimni ratifikatsiya qilishi 

Iyun oyida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzolagandi. Yangi temir yo‘l Yevroosiyo kontinental ko‘prigining janubiy tarmog‘iga aylanadi va Janubi-Sharqiy, G‘arbiy Osiyo va Yaqin Sharq, jumladan Turkiya, keyin esa Yevropa Ittifoqi bozorlariga yo‘l ochadi.

Savdo aloqalari

"Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘li loyihasi Markaziy Osiyo va Sharqiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi transport infratuzilmasini yaxshilash maqsadida rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni temir yo‘l orqali bog‘lashni ko‘zda tutadi va ushbu uch davlatning iqtisodiy va savdo aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Loyiha haqida

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarovning ma’lum qilishicha, “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi 8 mlrd. dollarga baholangan. O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha uch davlat o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim 2022-yil sentyabr oyida Samarqandda imzolangan edi. Hujjatda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini o‘tgan yilning birinchi yarmida tayyorlash ko‘zda tutilgan. 2023-yil dekabr oyida XXR mutaxassislari yangi temir yo‘l yo‘nalishida dala ishlarini yakunlagan.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot