$
 12938.11
18.11
 14076.66
-25.52
 149.99
0.47
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘l orqali o‘zaro yuk tashish hajmini oshirmoqchi

Temir yo‘li

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Qozog‘iston temir yo‘li” NK vakillari hamkorlik memorandumini imzoladi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston kelishuvlari

Ma’lumotga ko‘ra “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Qozog‘iston temir yo‘li” NK vakillari hamkorlik memorandumini imzolagan. Tomonlar Xitoy-Qozog‘iston-O‘zbekiston yo‘nalishida muntazam poyezd qatnovini tashkil etish masalalarini ham muhokama qilgan. Avvalroq ham Astanada “Jolaushilar tasimali” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ vakillari uchrashib, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam ravishda turistik poyezdlar qatnovini tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolagan edi. 

Afg‘oniston bilan aloqalar

O‘tgan oy yakunida Afg‘oniston Jamoat ishlari vazirligi temir yo‘l boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Muhammad Ishoq Sohibzoda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbari va uning o‘rinbosari bilan uchrashib, Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘li orqali tashish va eksport hajmini oshirish, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan edi.

2024-yil sarhisobi

2024-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston magistral temir yo‘l transporti tomonidan 73,9 mln. tonna yuk tashilgan. Yuk aylanmasi 2023-yilga nisbatan 0,3 foizga ortgan. Besh yil ichida u deyarli 4,7 foizga oshdi. 2024-yilning birinchi yarim yilligi oxirida temir yo‘l transporti yuk aylanmasida eng katta ulush ruda, ko‘mir, neft va neft mahsulotlarini tashish hissasiga to‘g‘ri keldi. Temir yo‘l stansiyalaridan tashilgan yuk hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 100 ming tonnaga ortgan. 4,9 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan. Eksport xizmatlari hajmi 81,4 million dollarni tashkil etgan. 85,2 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari, jumladan, mahalliylashtirish dasturi doirasida 12,6 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Теги :
Jamiyat