Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy telekanali bo‘ladi
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida o‘tkazilgan mintaqa davlatlarining vakolatli ommaviy axborot vositalari vakillari maslahat yig‘ilishida bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida o‘tkazilgan mintaqa davlatlarining vakolatli ommaviy axborot vositalari vakillari maslahat yig‘ilishida bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.
Yagona axborot makoni
Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston vakillari ishtirok etgan tadbirda OAV sohasida global muammolarga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikda qilinadigan sa’y-harakatlar muhimligi ta’kidlangan. Yig‘ilishdagi asosiy masalalardan biri Markaziy Osiyoda yagona axborot makonini yaratish bo‘lgan.
Mintaqaviy umumiy telekanal va media platforma
Markaziy Osiyoda yagona axborot makonini yaratish orqali tomonlar axborot xavfsizligi va madaniy almashinuvni mustahkamlash uchun mintaqaviy umumiy telekanal va media platforma yaratish g‘oyalariga to‘xtalgan. Yig‘ilish qatnashchilari tadbir davomida mediasavodxonlikni oshirish va soxta xabarlarga qarshi kurashish masalalarini ham muhokama qilgan.



