Telegramdagi asosiy uzilishlar xabar yuborish bilan bog‘liq
Asosiy uzilishlar 15:35 da boshlangan bo‘lib, bu joriy haftadagi Telegram serverlarisdagi uzilishlarga doir ikkinchi holatdir.
1 daqiqa o‘qiladi

Ayni damda butun dunyo bo‘ylab Telegram messenjerida uzilishlar kuzatilmoqda. Down for Everyone or Just Me tarmog‘ining xabar berishicha, uzilishlar taxminan 15:35 da boshlangan.
Muammolar haqidagi xabarlar vaqtiAsosiy muammo — xabar yuborish
Foydalanuvchilar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan xabarlarga ko‘ra, uzilishlar bilan bog‘liq muammoning asosiy — 49 %i xabar yuborish bilan bog‘liq. 39 % foydalanuvchilar xabarlarni qabul qilishdagi muammolarga uchragan bo‘lsa, messenjerga kira olmayotganlar 12 %ni tashkil qilmoqda.
Shikoyatlar butun dunyodan
Uzilishlar haqida xabar bergan ishtirokchilar ro‘yxatiga e’tibor qilinsa, muammo butun dunyo bo‘ylab yuz berayotganini ko‘rish mumkin. Masalan, ishtirokchilar orasida Ukraina, Islandiya, Qirg‘iziston, Argentina, Tailand, Avstriya kabi bir-biriga yaqin bo‘lmagan davlatlardan reportyorlarni ko‘rish mumkin.



