$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Telegram O‘zbekistonda ofis ochishi mumkin

Telegram

O‘zbekistonda Telegram ofisi ochiladi. Bu kompaniyaning mahalliy bozorga jiddiy kirib kelmoqchi ekanini ko‘rsatadi.

LinkedInda vakansiya e’lon qilindi

Kompaniyaning LinkedIn platformasida O‘zbekistondagi ofis direktori lavozimi uchun vakansiya e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Telegram Wallet produktini olib kirmoqchi va talablarda ham shu ko‘rsatilgan. Qo‘shimchasiga Wallet UzCard va Humo bilan integratsiya qilinsa, messenjer ichida to‘lovlar osonlashishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda ofis ochilishi bo‘yicha hozircha rasman xabar qilinmagan.

Telegram haqida

Ma’lumot uchun, Telegram o‘z foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaydigan eng xavfsiz messenjerlardan biri hisoblangan. Sentyabr oyida esa uning asoschisi Pavel Durov Telegram tegishli organlarning asosli so‘rovlariga ko‘ra foydalanuvchilarning IP manzillari va telefon raqamlarini oshkor qilishini aytgan, o‘tgan yozda Durov Markaziy Osiyo mamlakatlari – Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda bo‘lgan edi.

2022-yilda ishga tushirilgan Telegram Wallet deb nomlangan yangi funksional, muloqot dasturi Telegram ichida o‘z o‘rnini egallamoqda. Bu foydalanuvchilarga kriptovalyutalar bilan ishlash imkoniyatini beradi.

Telegram Qozog‘istonda ham ofis ochmoqchi

Avvalroq Telegram Qozog‘istonda bosh ofis ochishini e’lon qilgan edi. Qozog‘istonning raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jaslan Madiyev o‘z idorasi noqonuniy kontentni zudlik bilan o‘chirish va buzg‘unchi kanallarni bloklash uchun Telegram bilan faol hamkorlik qilayotganini ta’kidlagandi.