Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

Telefonlarni hojatxonaga olib kirmang, aks holda…

Har 10 odamdan 6 nafari telefonini ichkariga o‘zi bilan muntazam olib kiradi, ulardan 60 foizi shunchaki ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklardan qolib ketmaslik uchungina bu ishni qiladi.

2 daqiqa o‘qiladi

Telefonlarni hojatxonaga olib kirmang, aks holda…

Texnologik rivojlanishlar va virtual olamning paydo bo‘lishi bizni smartfonlarimiz bilan yanada yaqinlashtirdi. Biz hech qanday holatda ulardan ajralgimiz kelmaydi,uni hatto hojatxonagacha olib kirishga allaqachon o‘rganib qoldik. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayni paytda smartfon ishlatadiganlarning 60 foizdan ortig‘i hojatxonaga muntazam telefoni bilan kiradi hamda bu jiddiy oqibatlarga olib keladi, chunki smartfonlar o‘ziga mikroblarni ushlab turadi va unda 28 kungacha saqlanib turishi mumkin.

Sensorlar mikroblarni qo‘zg‘atib yuboradi

Har 10 ta odamdan 6 tasini telefonini ichkariga o‘zi bilan muntazam olib kiradi, ulardan 60 foizi shunchaki ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklardan qolib ketmaslik uchungina bu ishni qiladi. 24 foizi esa xabar yozish yoki telefonda gaplashish maqsadida foydalanadi. Ammo smartfon sensoridan chiqadigan yorug‘lik mikroblarni o‘z o‘rnidan qo‘zg‘atib yuboradi. Telefonlar “texnologik asrning chivinlari” deb atalmoqda, chunki endi ushbu sabab tufayli yuqumli kasalliklarni olib kelishi mumkin. Biz telefon ekraniga tegganimizda ularni yanada harakatga keltiramiz, keyin shu “bakteriya uychasi” bo‘lib ulgurgan telefonni qo‘lda ushlaymiz, va shu tariqa zanjir davom etaveradi.

Gemorroyni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi

Tabiiyki, telefon bilan hojatxonaga kirish, u yerda uzoq qolib ketishingizga sabab bo‘ladi. Bu esa gemorroyga olib kelishi mumkin, chunki muntazam ravishda uzoq vaqt o‘tirish ichaklardagi bosimni kuchaytiradi. Bundan tashqari hojatxonada uzoq vaqt o‘tirish umurtqa pog‘onasining noto‘g‘ri shakllanishi va mushak-skelet muammolariga ham olib keladi. Qo‘shimchasiga, sizning e’tiboringiz ekranda bo‘lganda, miyaning “asl vazifasini” unutishi yuz berib, bu vaqt o‘tib ovqat hazm qilish sistemasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ruhiy tomondan ham zararli

Hojatxonada o‘tqaziladigan vaqt – bu hamma narsadan, ishdan va hayotdan dam olinadigan vaqt hisoblanadi, doimo shunaqa bo‘lib kelgan. Ammo bu vaqtda ham o‘zi kun bo‘yi qo‘ldan qo‘ymagan telefonni qo‘ymaslik kishini stressga olib kelishi mumkin, u yagona “bo‘sh” vaqtida ham miyasini ma’lumotlar daryosida “cho‘miltirish” bilan band bo‘ladi.undan tashqari biz vaqtni tejaymiz deb ba’zida telefonni olib kirib, aksincha yutqazamiz, chunki vaqtning qanchalik tez o‘tgani qo‘lda “ovunchoq” bo‘lganida bilinmaydi.

Xulosa

Ushbu odat kundan-kunga odatiy holga aylanib bormoqda, ammo buning qorong‘i tomonlari juda ko‘p. aslida 3-5 daqiqa bo‘lish tavsiya qilingan hojatxonada biz 20-30 daqiqamizni sarflab qo‘yyapmiz. Yagona yechim – ushbu yomon odatdan voz kechish.