Joriy yilda nechta nostandart gaz jihozlari energotejamkor uskunalarga almashtirildi?
Ma'lumot uchun, zamonaviy gaz yondirgichlar millionlab kub metr tabiiy gazni iqtisod qilishga zamin yaratadi.
2 daqiqa o‘qiladi

Tabiiy gazdan oqilona foydalanish va ortiqcha sarfni kamaytirish maqsadida aholi xonadonlarining qozonxonalaridagi maʼnan eskirgan, qoʻlbola yondirgichlar issiqlikni avtomatik ravishda boshqaruvchi va xavfsizlik avtomatikasi bilan jihozlangan zamonaviy gaz yondirgichlarga almashtirilib kelinmoqda. Bu oʻz navbatida millionlab kub metr tabiiy gazni iqtisod qilishga zamin yaratyapti.
Joriy yilning oʻtgan 9 oyi (yanvar–sentyabr) davomida respublika boʻyicha qariyb 720 mingga yaqin eskirgan uskunalar energiya tejamkor yondirgichlarga almashtirildi. 2019-yildan shu vaqtga qadar mazkur koʻrsatkich 1,4 milliondan ortdi.
Energiya tejamkor yondirgichlarga almashtirishga boʻlgan talab ortgan
Raqamlarga qaraydigan boʻlsak, kuz-qish mavsumi oldidan isteʼmolchilarda maʼnan eskirgan gaz jihozlarini energiya tejamkor yondirgichlarga almashtirishga boʻlgan talab ortgan. Birgina sentyabr oyida 304 mingdan ziyod zamonaviy yondirgichlar oʻrnatilgan boʻlsa, oktyabrning dastlabki 14 kunligida bu koʻrsatkich 200 mingdan oshgan.
Energiya tejamkor yondirgichlar soni hududlar kesimida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 95 150 ta;
Farg‘ona viloyati – 91 011ta;
Buxoro viloyati – 75 134 ta;
Toshkent viloyati – 61 374 ta;
Toshkent shahri – 60 247 ta;
Andijon viloyati – 54 835 ta;
Xorazm viloyati – 47493 ta;
Surxondaryo viloyati – 43 071 ta;
Qashqadaryo viloyati – 42 874 ta;
Samarqand viloyati – 31 710 ta;
Jizzax viloyati – 24 429 ta;
Sirdaryo viloyati – 23 324 ta;
Navoiy viloyati – 16 962 ta.



