Qirg‘iziston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
Tashrif doirasida Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 18-19 iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Muratbek Azimbakiyev ma’lum qildi.
Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi madaniyat kunlarining rasmiy ochilish marosimi
“Tashrif doirasida prezident Sadir Japarov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli barcha sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, shuningdek, Qirg‘iziston-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar.
Tashrif doirasida davlat rahbari Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi madaniyat kunlarining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etadi. Shuningdek, Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlat rahbarlari ishtirokida amalga oshirilayotgan ikki tomonlama loyihalarning onlayn ishga tushirish/ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Bundan tashqari, tashrifga bag‘ishlangan Qirg‘iziston-O‘zbekiston biznes-forumi, Qirg‘iziston va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi kabi bir qator tadbirlar o‘tkaziladi”, - dedi Muratbek Azimbakiyev.



