$
 12916.18
-13.74
 13523.24
26.99
 147.60
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
uzfood

Kuvaytga rasmiy tashrif yakunlandi. O‘zbekiston qanday kelishuvlarga erishdi?

Mirziyoyev. Kuvaytga tashrif

Kuvayt amirining taklifiga binoan Shavkat Mirziyoyev 17-fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketgan edi. Bugun, 18-fevralda O‘zbekiston rahbarining Kuvaytga ilk rasmiy tashrifi yakuniga yetdi. Tashrif davomida davlat rahbari Kuvayt Amiri Shayx Mish’al as-Saboh, valiahd Shayx Saboh as-Saboh hamda mamlakat hukumatining yuqori martabali vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muloqot natijasida ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlik yangi bosqichga chiqdi.

4,9 milliard dollarlik bitimlar va keng qamrovli sheriklik

Tashrif chog‘ida O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida keng qamrovli sheriklik to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qilindi. Tomonlar 4,9 milliard dollarlik iqtisodiy shartnomalarni imzoladi. Bu kelishuvlar investitsiyalar, infratuzilma, savdo, transport, qishloq xo‘jaligi, gidroenergetika va turizm sohalarini qamrab oladi.

Bundan tashqari, davlat rahbarlari Kuvaytning O‘zbekiston iqtisodiyotiga bevosita sarmoya kiritishiga kelishib oldi. Ishbilarmonlar kengashi va qo‘shma investitsiya platformasi tashkil etilishi shu maqsadga xizmat qiladi.

Kelishilgan asosiy hujjatlar

Tashrif davomida O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida quyidagi muhim kelishuvlar imzolandi:

 • Sanoat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim

 • Havo qatnovi to‘g‘risidagi bayonnoma (to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi)

 • Mehnat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim

 • “Aqlli shaharlar” qurish bo‘yicha hamkorlik bitimi

 • San’at va madaniyat sohasidagi bitim

 • Sog‘liqni saqlash bo‘yicha hamkorlik bitimi

 • 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan turizm dasturi

 • Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlik bitimi

Yangi iqtisodiy hamkorlik davri

Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan imzolangan yangi dastur orqali O‘zbekistonda qator infratuzilma loyihalari amalga oshiriladi. Jumladan, yo‘l va transport tizimlari, qishloq xo‘jaligi, gidroenergetika va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha sarmoyaviy loyihalar yo‘lga qo‘yiladi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi esa turizm va biznes aloqalarini kuchaytirish uchun muhim qadam bo‘ladi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz davlatlari o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kuvayt Amirining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda

Muzokaralar chog‘ida tomonlar Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi sammitiga tayyorgarlik masalasini ham muhokama qildi. Shu doirada Kuvayt Amirining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi rejalashtirilgan.

Теги :
Jamiyat