$
 12025.33
-31.99
 14162.23
-30.44
 155.25
0.09
weather
+26
Кечаси   +14°

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish tartibi o‘zgartiriladi

pul

Avvalroq prezidentning ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini yaxshilashga qaratilgan farmoni qabul qilingani haqida xabar berilgandi. Oilalar davlat ta’minotidagi, kambag‘al hamda kambag‘allik chegarasidagi oilalar toifasiga ajratiladi. Hujjat bilan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lashning yangi tartibi joriy etiladi.

“Davlat ta’minotidagi oila”

“Davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oilalarga ijtimoiy xizmat va yordamlar, shu jumladan, bolalar nafaqasi va moddiy yordam ko‘rsatib boriladi. Bunda yordam ular mazkur toifada bo‘lgan davrida oila a’zolarining bandlik holatidan qat’i nazar va qo‘shimcha murojaat talab etmasdan beriladi. Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati oila Ijtimoiy reyestrga kiritilgandan 12 oydan so‘ng qayta baholanadi, bundan oilaning holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlari orqali o‘rganilishi mustasno.

“Kambag‘al oila”

“Kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam ular tayinlangan vaqtdan boshlab 6 oy davomida tayinlanadi. Biroq, ushbu toifadagi oilalar oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining rasmiy bandligini ta’minlashi shart. Ushbu talab bajarilganda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam qo‘shimcha murojaat talab qilmasdan uzluksiz to‘lab boriladi. Agar rasmiy bandlik sharti bajarilmasa, nafaqa va yordam to‘lash to‘xtatiladi.Bunda oila bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish uchun qayta murojaat qilsa, “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgani uchun oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining bandligini istisno etuvchi qoida 6 oy davomida qo‘llanmaydi.

“Kambag‘allik chegarasidagi oila”

“Kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oilalar mazkur toifaga kiritilgan vaqtdan boshlab 6 oy davomida to‘lanadi. Bunda oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,25 baravarigacha bo‘lsa, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam miqdori ularning 75%ini, 1,25 baravaridan 1,5 baravarigacha bo‘lganda esa 50%ini tashkil etadi.

Теги :
Jamiyat