Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 92 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +23° kechasi +9°

Shahar va viloyat markazlarida bir qator ishlab chiqarishlarga taqiq qo‘yilmoqda

Mazkur taqiq 1-maydan kuchga kiradi. Shuningdek, 1-oktyabrgacha Ekologiya vazirligi bir qator idoralar va mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ushbu shaharlardagi mavjud korxonalarni bosqichma-bosqich ko‘chirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlashi lozim.

1 daqiqa o‘qiladi

Shahar va viloyat markazlarida bir qator ishlab chiqarishlarga taqiq qo‘yilmoqda

2025-yil 1-maydan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida yangi sanoat loyihalarini ishga tushirishga cheklovlar joriy etiladi. Bu “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha Davlat dasturini amalga oshirish doirasida va e’lon qilingan “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili” munosabati bilan qabul qilingan Prezident farmonida nazarda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, quyidagilar bilan bog‘liq yangi korxonalarni tashkil etish taqiqlanadi:

·      asbest, sement, shlam va shlaklar ishlab chiqarish;

·      charm-teri va parrandachilik sanoati;

·      zamonaviy chang tutish va gaz tozalash tizimlari bo‘lmagan ko‘mirni yoqish;

·      metallurgiya (qora va rangli), zararli kimyoviy qo‘shimchali shisha ishlab chiqarish;

·      xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan (I va II sinf) chiqindilarni qayta ishlash va yoqish.

Tegishli idoralar taklif loyihalarini ishlab chiqadi

2025-yil 1-oktyabrgacha Ekologiya vazirligi bir qator idoralar va mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ushbu shaharlardagi mavjud korxonalarni bosqichma-bosqich ko‘chirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlashi lozim.