$
 12715.13
-45.08
 14730.48
25.61
 161.75
1.67
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Tamaki chekish erta insult xavfini 2 barobar oshiradi

tamaki

Kriptogen insultlar – kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan insult turlaridir, ular qon tomirlarining berkilishi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, aniq sabablari hanuzgacha noma’lum. Kil universiteti olimlari insultga chalinish xavfini tahlil qilish maqsadida 18–49 yoshdagi 546 kishi ishtirokida tadqiqot o‘tkazishdi. Natijalarga ko‘ra, tamaki chekish insult xavfining asosiy omili sifatida ajralib turadi.

Tadqiqot tafsilotlari 

Britaniyaning Kil universiteti olimlari 18–49 yoshdagi 546 kishidan tashkil topgan guruhda tadqiqot o‘tkazdilar. Tadqiqotda sog‘lom insonlar va insultga chalinib qolganlar o‘rganildi. Spirtli ichimliklar iste'moli, qon bosimi va ta'lim darajasi kabi boshqa xavf omillari hisobga olingan bo‘lsa-da, tamaki chekish asosiy xavf omili sifatida ajralib turdi. Tadqiqot natijalari “Neurology Open Access” jurnalida chop etildi. 

Tamaki chekishning ta’siri 

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, insultni boshdan kechirganlarning 33 foizi tamaki chekuvchilar tashkil etadi. Boshqa xavf omillari inobatga olinganda, tamaki chekuvchilarda insultga chalinish ehtimoli ikki barobar ko‘payadi. Ayrim guruhlar, xususan, erkaklar orasida bu xavf uch baravar, 45–49 yoshdagi insonlarda esa deyarli to‘rt baravar oshadi. Shuningdek, kuniga 20 tadan ortiq tamaki chekuvchilarda insult xavfi 4–7 barobar yuqori bo‘ladi. 

Chekishga qarshi choralar 

Olimlar insult holatlarini kamaytirish maqsadida chekishga qarshi kurash choralarini kuchaytirishni tavsiya etishmoqda. Avvalgi tadqiqotlarga ko‘ra, britan olimlari, har hafta o‘rtacha 2 soatdan ortiq vaqt tamaki chekish insonlarda yiliga 92 soatga teng bo‘lishini hisoblab chiqqan edi.

Теги :
Jamiyat