$
 12831.81
-25.54
 14606.45
-66.36
 163.75
0.3
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Talaba Fest–2025: G‘oya, ilhom va imkoniyatlar tutashgan sahna

TalabaFest

Toshkentda 21–23 may kunlari o‘tkazilgan “Talaba Fest–2025” festivalida minglab yoshlar o‘z g‘oyalari, bilim va qiziqishlarini namoyon etish imkoniga ega bo‘ldi. Ayniqsa, 23-may kuni bo‘lib o‘tgan tadbirlar yoshlarga motivatsiya, tajriba va ilhom manbai bo‘ldi.

“Talaba Expo–2025” ko‘rgazmasida 700 dan ortiq kompaniya va tashkilot ishtirok etdi. Ish o‘rinlari yarmarkasi, startap taqdimotlari, mahorat darslari, ochiq suhbatlar va mentorlik sessiyalari orqali minglab bitiruvchilar uchun imkoniyatlar eshigi ochildi. 53 mingga yaqin yosh qamrab olinib, 4967 nafar talaba aniq ish joylariga yo‘naltirildi. Yana 924 nafar yoshlik biznes g‘oyasi esa moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi.

TalabaExpo–2025” koʻrgazmasi boshlandi! – Denov tadbirkorlik va pedagogika  instituti

Festival davomida “Abituriyentlar kuni” ham o‘tkazildi. Toshkentdagi yirik oliy ta’lim muassasalari o‘z dasturlari va bitiruvchilar yutuqlari haqida ma’lumot berdi. Bu tadbirlarga 3 000 nafar abituriyent jalb qilindi.

“Talabalar kuni” esa ijodiy va startap g‘oyalarga boy bo‘ldi. 50 nafar yosh “TalabaStartUp Pitch” tanlovida ishtirok etdi. 150 nafar iqtidorli talaba “TalabaTalent” shousida qatnashdi. 400 nafar faol talaba bilan motivatsion uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada taqdim etilgan ayrim loyihalar katta qiziqish uyg‘otdi. Masalan, Buxorolik talabalar yaratgan “ADTest” tizimi bannerlardagi imloviy xatolarni aniqlab, javobgar tashkilotlarga yuborishga yordam beradi. “GaragePlus” esa avtomobil egalari uchun ustaxonalar va xizmatlar xaritasini yaratmoqda. “Clearboat” esa quyosh energiyasida harakatlanadi va suv yuzasidagi plastik chiqindilarni tozalaydi.

Bundan tashqari, sun’iy intellekt va frilans mavzulariga bag‘ishlangan amaliy treninglar ham yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Festival yakunida esa Toshkentda 20 ming, butun respublika bo‘ylab 600 mingdan ortiq yoshlar ishtirokida gala-konsertlar o‘tkazildi. “Talaba Fest–2025” yoshlar uchun katta sahna, yangi ilhom va istiqbol sari dadil qadam bo‘ldi.

Теги :
Jamiyat