$
 12130.01
32.08
 14245.48
50.98
 153.04
1.27
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekiston aholining yoqilgʻiga boʻlgan talabini qanday qoplamoqchi?

avtobenzin

O‘zbekistonda gaz zapravkalariga qo‘yilgan cheklovlar va iste’molning ortishi fonida qishda yoqilg‘iga talabni qoplash uchun qanday choralar ko‘rilayotgani haqida Energetika vaziri maʼlumot berdi.

Dizelga boʻlgan talab yuqori

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatni avtomobil benzini, dizel yoqilg‘isi va mazut bilan barqaror ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rilgan.

Dizelga bo‘lgan umumiy talab 776 ming tonnaga yetishi kutilmoqda. Ushbu talabni qoplash uchun yetkazib berish rejalashtirilgan (jami 740 ming tonna, bu belgilangan talabdan past):

317 ming tonna — “O‘zbekneftgaz”;

196 ming tonna — Saneg kompaniyasi;

227 ming tonna — import.

Aviakerosin bilan bogʻliq vaziyat

Vazir turizm va aviaqatnovlarning o‘sishi tufayli aviakerosinga talab kun sayin ortib borayotganini ta’kidladi. “223 ming tonna aviatsiya kerosiniga bo‘lgan talabni qondirish uchun biz 168 ming tonnani o‘zimiz ishlab chiqarishni, 74 ming tonnasini import qilishni rejalashtiryapmiz”, — dedi u.

Ai-80 oʻrni qanday qoplanadi?

Mirzamahmudovning eslatishicha, Ai-80 benzinini ishlab chiqarish 1-sentyabrda to‘xtatilgan, 1-dekabrdan beri sotilmayapti. Uning o‘rnini qoplash uchun yuqori navli benzin ishlab chiqarish ko‘paytirildi:

“Biz Ai-92 va undan yuqori benzin ishlab chiqarishni oyiga 80 000 tonnadan 100 000 tonnagacha oshirdik. Biz nafaqat ishlab chiqarishni oshirdik, balki zaxira ham yaratdik”.

Davlat gaz zaxirasidan tashqari, “O‘zbekneftgaz” hozirda qishki ehtiyoj uchun 85 ming tonna benzin zaxirasiga ega.

Теги :
Jamiyat