$
 12021.22
-54.96
 13978.27
-16.82
 169.53
0.06
weather
+26
Кечаси   +14°

Qozogʻistonda uchar taksilar ish boshlayapti. Ularning narxi qanday boʻladi?

Taksi

19-may kuni Olmaota yaqinidagi Olatau shahrida shahar havo mobilligining yangi davrini boshlab beruvchi aerotaksi – eVTOL’ning ilk sinov parvozi bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha Qozog‘istonning “Alatau Advance Air Group Ltd.” (AAAG) kompaniyasi tomonidan AQSH, Xitoy, Janubiy Koreya va Italiyadan bo‘lgan hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Ushbu uchar taksida parvoz qilishning taxminiy narxi har kilometr uchun 1 dollar atrofida bo‘lishi aytildi.

“Hozir taxminan har kilometr uchun 1 dollar to‘lanadi. 15 kilometr uchun yo‘lovchi 15 dollar to‘lab, manzilga yetib boradi”, degan Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari Qanat Bo‘zumbayev.

Uning ma’lum qilishicha, aeroportdan Olmaota markazigacha aerotaksida uchish narxi taxminan 15–17 dollarni tashkil etadi.

Bo‘zumbayevning aytishicha, hozirda Olmaota aeroportidan shahar markazigacha tirbandliklar sabab 1,5–2 soat vaqt sarflanadi. Kelajakda esa yo‘lovchilar aeroport yaqinida joylashtiriladigan dronlar orqali manzilga tezroq yetib borishi mumkin bo‘ladi.

“Bu biznes uchun raqobat muhitini yaratadi va vaqt o‘tishi bilan xizmat narxi arzonlashadi. Shuningdek, yetkazib berish xizmati ham rivojlanadi. Biz Alatauda quriladigan binolar loyihalarini yo‘lovchi va yuk tashuvchi dronlarga moslashtirishni rejalashtiryapmiz”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Теги :
Jamiyat