$
 12777.52
-54.29
 14590.65
-15.8
 161.54
-2.21
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Qaysi viloyatda taksi xizmatlaridan eng ko‘p foydalaniladi?

Taksi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning dastlabki 9 oyida O‘zbekistonda yo‘lovchi tashishning asosiy qismini avtomobil transporti tashkil etdi. U jami yo‘lovchi tashish hajmining 95,9% ulushiga ega. Ya’ni mamlakatda yo‘lovchilar, asosan, yengil avtomobillar (shaxsiy va taksilar), yo‘nalishli taksilar, mikroavtobuslar va avtobuslardan foydalanmoqda.

Toshkent shahri yetakchi

Ma’lumot uchun, avtomobil xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Bu yerda xizmatning umumiy hajmi 20,9 foizni tashkil etadi.

Undan keyingi o‘rinlarda eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar:

 • Toshkent viloyati – 12,3%

 • Andijon viloyati – 11,5%

 • Farg‘ona viloyati – 11,0%

 • Samarqand viloyati – 7,4%

 • Xorazm viloyati – 7,3%

 • Namangan viloyati – 7,1%

Taksi xizmatida eng ko‘p qaysi rusumdagi avtomobillardan foydalaniladi?

Avvalroq davlat soliq xizmati O‘zbekistonda qaysi rusumdagi avtomobillardan taksi xizmatida ko‘proq foydalanilishini ma’lum qilgan edi. Elektron avtomobillar jami transport vositalarining 1.3 foizini tashkil qilgan. Taksi xizmatlari uchun eng ko‘p foydalaniladigan avtomobillar va ulushi:

 • Nexia – 21.3% (78,436 dona)

 • Cobalt – 19.7% (72,658 dona)

 • Lacetti – 16.4% (60,456 dona)

 • Spark – 13.2% (48,600 dona)

 • Matiz – 9.7% (35,961 dona)

 • Tracker – 0.9% (3,303 dona)

 • Malibu – 0.6% (2,092 dona)

 • Onix – 0.5% (2,051 dona)

 • Damas – 0.4% (1,188 dona)

 • BYD Song – 0.3% (1,007 dona)