Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

Mahallada maqom yangrab turadi — Otabek Hasanov

Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari mahallalarda radiouzellar orqali maqom qo‘yilishi taklifini bildirdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Mahallada maqom yangrab turadi — Otabek Hasanov

Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari mahallalarda radiouzellar orqali maqom qo‘yilishi taklifini bildirdi. 

Kutilmagan taklif 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati, olimlar, yozuvchi, shoirlar, san’atkorlardan iborat ziyolilarni tomonidan Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida "Ma’rifat bog‘i"ni tashkil etish oldidan ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov so‘zga chiqib, xalqimizni maqom eshitishga undadi.

"Ziyoli uyg‘onsa millat uyg‘onadi"

"Insonni moddiy qashshoqlikdan olib chiqish yo‘llari ko‘p. Ammo ma’naviy qashshoqlikdan olib chiqish qiyinroq. Sayxunobodda iqtisodiy uyg‘onish boshlangan edi. Endi esa biz ma’naviy uyg‘otamiz. Millatni uyg‘otish uchun bizga ziyolilar ko‘mak beradi. Zero, ziyoli uyg‘onsa millat uyg‘onadi." — deydi Hasanov.

Kelajak rejalari

Ma’lum bo‘lishicha, "Ma’rifat bog‘i"ga radiouzellar o‘rnatilgan. Rahbarning so‘zlariga ko‘ra bu kabi radiouzellarni tumanning barcha mahallalarida o‘rnatish reja qilinmoqda. Ushbu yo‘nalishda ham Sirdaryo tajribasini yo‘lga qo‘yish kutilmoqda. Shundan so‘ng ushbu tajribani boshqa hududlarga ham joriy etish rejalashtirilgani ma’lum. Ya’ni keyinchalik mahallalarda maqom yangrab turishi mumkin. "Mahalla maqomdan boshlanadi. Quloqlarni maqomga o‘rgataylik, keyin xirgoyi qilib yurishadi", degan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari.