$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Tadqiqot: Semizlikni keltirib chiqaruvchi yangi omil aniqlandi

tadqiqot

 Semizlikni keltirib chiqaruvchi omillar koʻp. Notoʻgʻri ovqatlanish va kamharakat turmush tarzi — ular orasida etakchilari. Ammo bu global muammoning hali bizga noma'lum sabablari ham bor.

20 ming nafardan ziyod koʻngilli ishtirokida oʻtkazilgan tadqiqotlar

Yangi Zelandiyaning Otago universiteti olimlari semizlikni keltirib chiqaruvchi yana bir omilni aniqlashdi. Buning uchun farqli yillarda AQShda qariyb 2,9 ming nafar hamda Evropada 20 ming nafardan ziyod koʻngilli ishtirokida oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalari tahlil qilindi.

Izlanish davomida yuqoridagi ilmiy tajriba qatnashchilarining vazn koʻrsatkichlari va qondagi C vitamini konsentrasiyasi oʻrtasidagi bogʻliqlik oʻrganildi.

C vitamini yetishmovchiligi

 Ma'lum boʻlishicha, semiz insonlar organizmda ushbu modda tanqisligi kuzatiladi. Ya'ni ortiqcha vaznga ega kishilarda C vitamini soʻrilishi va uning tanadan chiqarilishi tezlashadi. Natijada hujayralar yalligʻlanishiga olib keluvchi oksidlovchi stress jarayoni kuchayadi.

 Tadqiqotchilar xulosasiga koʻra, qandli diabetning 2-turi, jigarning alkogolsiz yogʻ bosishi kabi kasalliklar ham organizmda C vitamini darajasi pasayishi bilan tavsiflanadi.

Minimal sutkalik doza

 Olimlar tanadagi C vitaminining minimal sutkalik dozasi kamida 45 mg boʻlishi kerak, degan xulosaga keldi. Semiz insonlar organizmi esa har 10 kg ortiqcha vazn uchun qoʻshimcha 17-22 mg miqdorida bu darmondorini talab qiladi.

Mutaxassislar qayd etganidek, ushbu yangilik tegishli klinik sinovlarda ham tasdiqlangandan soʻng tibbiy amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.

Теги :
Жамият