O‘zbekistonliklar o‘zining tashqi ko‘rinishidan qoniqadimi?
O‘zbekistonliklar orasida salomatlikni saqlash uchun sport bilan shug‘ullanadiganlar soni 38 foizni, faol ijtimoiy hayot kechiradiganlar 35 foizni va sog‘lom ovqatlanishga rioya qiladiganlar 28 foizni tashkil qiladi.
1 daqiqa o‘qiladi

"Stada" farmatsevtika kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan “STADA Health Report — 2024” tadqiqotiga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning 78 foizi tashqi ko‘rinishidan mamnun va bu 23 mamlakat orasida eng yaxshi natija hisoblanadi.
Ko‘rinishidan norozilar
Ma’lum bo'lishicha, dunyo bo‘ylab o‘rtacha bunday odamlarning ulushi 49% ni tashkil qiladi. Bunda tashqi ko‘rinishidan norozi bo‘lganlarning 38 foizi ortiqcha vazn bilan, 14 foizi esa vazn yetishmasligi bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Shuningdek, respondentlarning 6 foizi ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarini boshqalar bilan solishtirganda tashqi ko‘rinishidan qoniqmasligini bildirishdi.
Salomatlikni saqlash "sirlari"
O‘zbekiston fuqarolari jismoniy salomatlik darajasini yuqori baholaydilar – respondentlarning 71 foizi tana holatidan mamnun ekanligini ma’lum qilgan. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, o‘zbekistonliklar orasida salomatlikni saqlash uchun sport bilan shug‘ullanadiganlar soni 38 foizni, faol ijtimoiy hayot kechiradiganlar 35 foizni va sog‘lom ovqatlanishga rioya qiladiganlar 28 foizni tashkil qiladi. Mazkur so‘rovnoma 23 mamlakatdan 18 yoshdan 99 yoshgacha bo‘lgan 46 ming ishtirokchi o‘rtasida o‘tkazilgan.



