6 oyda kichik tadbirkorlik subyektlarining eksport hajmi 3,8 mlrd. dollarga yetdi
Amalga oshirilgan mahsulot eksportining hajmiga nisbatan eng ko‘p ulushi Surxondaryo viloyati hissasiga toʻgʻri keldi.
1 daqiqa o‘qiladi

2024-yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 3,8 mlrd. AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 28,9 % ni tashkil etgan. Bu haqida Statistika agentligi xabar qildi.
Eksportning hajmiga nisbatan eng ko‘p ulush
Hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining hajmiga nisbatan eng ko‘p ulushi quyidagi ko‘rinishda:
Surxondaryo viloyatida – 84,9 %;
Sirdaryo viloyatida – 61,3 %;
Farg‘ona viloyatida – 57,7 %;
Xorazm viloyatida – 57,5 %;
Buxoro viloyatida – 50,5 %;
Jizzax viloyatida – 50,2 % ni tashkil etgan.
Avtomobil transportida yo‘lovchi aylanmasining umumiy hajmi
Avvalroq Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-iyunida avtomobil transportida yo‘lovchi aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 94,8% ni tashkil etganini xabar qilgandi.
Bu ko‘rsatkich 2023- yilning tegishli davriga nisbatan solishtirilganda 3,4% ga o‘sgan.



