$
 12965.34
-14.82
 14525.07
-81.5
 161.34
-0.29
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Prezident: “Yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatishdi”

positive

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning Parij Olimpiadasidagi ishtiroki munosabati bilan tabrikladi. 

Prezident tabrigi

“Tokio olimpiadasidan keyin yaxshi niyat bilan top-15 ga kiramiz deb, oldimizga katta maqsad qo‘ygan edik. 208 ta davlat vakillari qatnashgan musobaqada sportchilarimiz yuksak matonat, mahorat va iroda ko‘rsatib, dunyoda 13-o‘rin, Osiyoda 4-o‘rin, turkiy, musulmon va MDH davlatlari orasida 1-o‘rinni egalladi. Bir yo‘la 3 nafar sportchimiz “ikki karra olimpiya chempioni”, degan yuksak sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Bu Yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatib, ularning natijalari tariximizda zarhal harflar bilan muhrlandi. Barcha sportchilarimiz, ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylari Yangi O‘zbekistonning chinakam qahramonlaridir! Ular bilan har qancha faxrlansak arziydi, ular bizning g‘ururimiz!”, - dedi Prezident.

O‘zbekiston uchun Olimpiada tarixida eng muvaffaqiyatli natija

Parijdagi Olimpiada O‘zbekiston uchun mamlakat mustaqil taraqqiyoti tarixida eng muvaffaqiyatlisi bo‘ldi, jamoa jami 90 nafar sportchi yuborgandi. Delegatsiya jami 13 ta medal — 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik sovrindorlar tarkibi

Oltin medal:

- Diyora Keldiyorova (dzyudo, -52 kg)

- Ulug‘bek Rashitov (taekvondo WT, -68 kg)

- Razambek Jamalov (erkin kurash, -74 kg)

- Hasanboy Do‘smatov (boks, -51 kg)

- Abdumalik Xalokov (boks, -57 kg)

- Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (boks, -71 kg)

- Lazizbek Mullojonov (boks, -80 kg)

- Bahodir Jalolov (boks, +92 kg)

Kumush medal:

- Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika, -102 kg)

- Svetlana Osipova (taekvondo WT, +67 kg)

Bronza medal:

- Muzaffarbek To‘raboyev (dzyudo, -100 kg)

- Alisher Yusupov (dzyudo, +100 kg)

- G‘ulomjon Abdullayev (erkin kurash, -57 kg).

Теги :
Jamiyat