$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent viloyatida eshak go‘shti sotilayotgani aniqlandi – IIBB surishtiruv olib bormoqda

go

Toshkent viloyati IIBB ma’lumotiga ko‘ra, Nurafshon shahridagi xonadonlarning birida eshak go‘shti va terisi topilgan. Tekshiruvlar davomida eshak terilari va go‘sht mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tekshiruvlar qanday boshlangan?

Toshkent viloyati IIBB xabariga ko‘ra, joriy yilning 9-yanvar kuni aholini xavfsiz oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadida Karantin tadbirlarini tashkil etish bo‘linmasi hamda boshqa tegishli organlar tomonidan keng qamrovli nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.

Tadbirlar Oqqo‘rg‘on tumanida eshak suyaklari suvga tashlab ketilganiga oid holat aniqlangach boshlangan. Keyinchalik tekshiruv Ohangaron tumanida davom etib, 3 nafar shaxs gumonlanuvchi sifatida ushlangan.

Eshak go‘shti topilgan hudud

Tekshiruvlar davomida Nurafshon shahridagi xonadonlardan birida eshak terilari va go‘sht mahsulotlari aniqlangan. Hozirda mazkur mahsulotlarning qayerga va qanday maqsadda yetkazilganini aniqlash bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonuniy choralar ko‘riladimi?

Toshkent viloyati IIBB ushbu ish bo‘yicha yakuniy huquqiy baho berilishini ma’lum qildi. Holat yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilishi hamda qo‘shimcha tafsilotlar e’lon qilinishi ta’minlanadi, deyiladi rasmiy xabarda.

Теги :
Jamiyat