$
 12058.45
-27.11
 13818.98
-51.62
 164.04
-0.48
weather
+26
Кечаси   +14°

Andijon hokimi va axloqiy tanqidlarga uchragan rus blogeri: Surat qayerda va qachon olingan?

HOKIM

Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida Andijon viloyati hokimi bilan rus blogeri Viktorya Bonyaning rasmi juda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

21-iyun kuni Andijon viloyatining Yangi Andijon shahrida "Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi" shiori ostidagi gala-konsertga rossiyalik mashhur teleboshlovchi va bloger Viktoriya Bonya tashrif buyurdi.

Ma’lum qilinishicha, 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan viloyat hokimligi yoshlar uchun konsert tadbirini tashkil etgan. Konsert dasturiga Jahongir Poziljonov, Shohrux reper, Shohruxxon va yana shu kabi turli mashhurlar hamda 100 minglab yoshlar tashrif buyurgan. Forumda viloyat hokimi Shuhrat Abdurrahmonov ham ishtirok etgan va yoshlarga tabrik yo‘llagan.

Muhokamalarning sababi nima edi?

Viktoriya Bonya o‘zining Instagram sahifasiga tadbirdan so‘ng “O‘zbekistonda bizni juda samimiy kutib oldi! Taklif va gullar uchun Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovga katta rahmat” deya post qo‘ygan. Lekin, bu ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida “g‘alatilik” uyg‘otdi. Post izohida “Tanlab, tanlab topganim Andijonlik bezori” kabi kulgili izohlarni ko‘rishingiz mumkin.

Viktorya Bonya faoliyati davomida uning axloqi va obro‘siga qaratilgan bir nechta yirik janjalli holatlar kuzatilgan. LifeNews mediaxoldingi Bonya va “Dom-2”ning sobiq ishtirokchisi Stepan Menshikovga tegishli ekanligi iddao qilingan intim suratlarni e’lon qilgan. Bonya bu suratlardagi ayol u emasligini aytib xoldingni sudga bergan. Sud doirasida o‘tkazilgan takroriy ekspertizalar natijasida suratlardagi qiz chindan ham Bonya emasligi isbotlangan. Sud uning foydasiga qaror chiqarib, materiallarni feyk deb topgan va o‘chirishni majburiy qilib qo‘ygan.

Yana bir qiziq holat Xonanda Grigoriy Lepsning sobiq qaylig‘i Avrora Kiba o‘z ijtimoiy tarmoqlarida Bonyani 3000 yevro evaziga intim xizmatlar ko‘rsatishda ayblagan. Bonya o‘z ishchanlik obro‘sini himoya qilish maqsadida Kibadan 3 million rubl undirish talabi bilan sudga murojaat qilgan. 2026-yil 15-iyunda bo‘lib o‘tgan sudda Kiba bu ayblovlarni tasdiqlay olmagani va tarqatilgan ma’lumotlarga muallifligini rad etgani sababli ish yopilgan.

Viktorya Bonya kim?

Viktorya Bonya – Rossiya shou-biznesi vakili, bloger, teleboshlovchi va tadbirkor. U 1979-yil 27-noyabrda Rossiyaning Chita viloyatida tug‘ilgan. Uning jamoatchilikka tanilishi 2001-yilda Filippinda o‘tkazilgan “Miss Earth” go‘zallik tanlovidagi ishtirokidan boshlangan. Biroq uni ommaga keng tanitgan asosiy omil 2006-yilda “Dom-2” realiti-shousidagi ishtiroki bo‘lgan. Bu shouda har bir ishtirokchi o‘ziga juft topishi va munosabat qurishi shart (“Muhabbatingni qur” shiori). Dastur faqat sevgi emas, balki katta intriga, rashk, xiyonat va ochiq janjallar ustiga qurilgan. Har oqshom barcha yig‘ilib, shu ziddiyatlarni ommaviy muhokama qiladi. Sevgi qidirish va uy qurish bahonasida, maksimal reyting yig‘ish uchun odamlar o‘rtasidagi tinimsiz janjal va skandallarni ko‘rsatadigan tijoriy teleloyiha.

Dastur ochiq oilaviy sahnalar va 18+ suhbatlarning ko‘pligi bilan ham axloqiy tanqidlarga duch kelgan.

Viktoriya Bonya esa ushbu shouning 2006-yildagi sonida ishtirok etib mashhurlikka erishgan. U boshlovchilik qilgan “Kosmopolit. Video versiyasi” dasturi 2009-yilda Rossiya televideniyesida “Yilning eng yaxshi dunyoviy dasturi” deb topilgan.

Shuningdek, u blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Bonya 2019-yilda Kannda bo‘lib o‘tgan “World Blogger Awards” taqdirlash marosimida “Eng yaxshi turmush tarzi targ‘ibotchisi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. 2019 va 2020-yillarda Forbes jurnali uni Rossiyadagi 15 ta eng boy blogerlar ro‘yxatiga kiritdi.

Теги :
Jamiyat