$
 12374.55
-48.35
 14425.01
-32.76
 153.13
-1.17
weather
+26
Кечаси   +14°

Ogʻir maktab darsliklari va zil-zambil sumka: Bu oʻquvchilar salomatligiga qanday taʼsir koʻrsatadi?

sumka

O‘qituvchi bolaga ta’lim berish jarayonida har bir fan oddiylikdan murakkablik sari izchil davom etgan asoslarga tayanadi. Bu asoslar esa o‘quv adabiyotlari — darsliklarda aks ettiriladi.  

Ammo soʻngi vaqtlarda oʻquv darsliklarining hajmi kattalashib, ogʻirlashib borayotgandek. Zil-zambil sumkalar kichik jussalarni ezib qoʻyayotgandek goʻyo. Xoʻsh, oʻzi oʻquv darsliklarining ogʻirligi qanday boʻlishi kerak? O‘quvchilarning yoshiga qarab sumka tanlashda ota-onalar nimalarga e’tibor berishlari kerak? Bu haqda Sanepidqo‘mita Axborot xizmati maʼlumot berdi.

Qonunchilikda belgilangan tartib

Umumta’lim maktablarining o‘quvchilari foydalanadigan o‘quv darsliklari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 28-dekabrdagi 726-sonli qarori bilan tasdiqlangan umumiy texnik reglamentga hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018-yilda tasdiqlangan 0359-18-sonli sanitariya qoida va me’yorlari talablari asosida tayyorlanadi.

Oʻquv darsliklarining ogʻirligi qancha boʻlishi kerak?

Yuqoridagi hujjatlarga muvofiq o‘quv darsliklarining og‘irligi quyidagicha belgilangan:

  • 1—4-sinflar uchun bitta nashrning og‘irligi 300 gramm (+/-10 foiz) dan;
  • 5—6-sinflar uchun bitta nashrning og‘irligi 400 gramm (+/-10 foiz) dan;
  • 7—9-sinflar uchun bitta nashrning og‘irligi 500 gramm (+/-10 foiz) dan;
  • 10—1-sinflar uchun bitta nashrning og‘irligi 600 gramm (+/-10 foiz) dan.

Agar bir kunda o‘quvchilarning darsi 4-5 soatni tashkil etadigan bo‘lsa faqat nashrning vazni 1,5—2,5—3 va undan ko‘proq kilogrammga aylanadi. 

Bundan tashqari, sumkaga daftar, kundalik, qalam, ruchka va kerakli o‘quv qurollarining solinishi sumka og‘irligini yanada oshishiga olib ketadi.

Shuningdek, bir o‘quv kuni uchun mo‘ljallangan darsliklarning yozuv anjomlari bilan birgalikda jami og‘irligi o‘quvchi sumkasi yoki ryukzagini hisobga olmaganda 1—2 kilometr masofagacha quyidagi o‘rnatilgan me’yorlardan ortiq bo‘lishi kerak emas.

Og‘ir maktab sumkasi bolalar salomatligiga qanday taʼsir koʻrsatadi?

Agar bola sog‘lom rivojlanayotgan bo‘lsa, belgilangan me’yordagidan birmuncha ortiq yuk ko‘tarsa ham uning salomatligiga ziyon yetmaydi. Ammo, ortiqcha yuk ko‘tarib yurish doimiy bo‘lmasligi shart. 

Doimiy tarzda og‘ir o‘quv sumkasini ko‘tarib yurish holsizlanish, charchoq hamda o‘quvchida yurakning normal ishlashiga ham ta’sir ko‘rsatib ortiqcha bosimni paydo qiladi. Og‘ir maktab sumkasi bolaning tana shakliga salbiy ta’sir qiladi. 

Bola og‘ir sumka ko‘targani sababli, bosh, bo‘yin va yelka qismini oldinga egib oladi. Bunday davomli holat umrtqa pog‘onasining qiyshayishiga (skolioz), hatto bukrilikka ham olib kelishi mumkin.

Maktab sumkasi sotib olayotganda eʼtibor qaratilishi kerak boʻlgan jihat

Farzandingizga maktab sumkasi sotib olayotganda og‘irligi 700 grammdan 1 200 grammgacha bo‘lgan, o‘zidan yoqimsiz hid taratadigan sintetik material bilan ishlanmagan sumkalarni tanlashga e’tibor qaratish lozim. Ichiga o‘quv qurollari solingan maktab sumkasi o‘quvchi vaznining 10—15 foizdan oshmasligi tavsiya etiladi. Misol uchun agar o‘quvchining vazni 40 kg. bo‘lsa, uning maktab sumkasi 4—6 kg.dan oshmasligi kerak. 

Sinflar misolida:

  • 1—2-sinf 3 kg. dan og‘ir bo‘lmasligi;
  • 3—4-sinf 3,5 kg. dan og‘ir bo‘lmasligi;
  • 5—6-sinf 5kg. dan og‘ir bo‘lmasligi;
  • 7—8-sinf 6,5 kg. dan og‘ir bo‘lmasligi;
  • 9—11-sinf 8 kg. dan og‘ir bo‘lmasligi kerak.
Теги :
Jamiyat