$
 11993.53
40.8
 14054.02
32.27
 158.52
-0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Ikki kunlik sulh: Rossiya 9-may munosabati bilan tanaffus e’lon qildi, Ukraina esa "sukunat rejimi" bilan javob qaytardi

Zelenskiy

Rossiya Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning navbatdagi yilligi munosabati bilan 8–9-may kunlari o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatishini ma’lum qildi. Ushbu qaror Moskvadagi harbiy parad arafasida qabul qilindi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina tomonidan ham shunday qadam tashlanishiga umid bildirgan.

Kiyevning javobi esa qisqa bo‘ldi: “avval sukunat — keyin o‘zaro hamjihatlik”.

“Inson hayoti har qanday yubileydan ustun”

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 6-may yarim tundan boshlab o‘zining “sukunat rejimi”ni joriy etishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hozirga qadar Kiyevga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqmagan, inson hayoti esa “har qanday yubileylardan muhimroqdir”.

“Biz vaziyatga qarab ish tutamiz. Agar sukunatga amal qilinsa, bizning javobimiz ham shunday bo‘ladi”, — deya ta’kidladi Zelenskiy.

Parad, dronlar va tahdidlar

Vaqtincha sulh Moskvadagi harbiy paradga to‘g‘rilangan. Shu bilan birga, Kiyev bayram kunida ham Rossiya poytaxti dronlar hujumidan himoyalanmagan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi.

Zelenskiy, shuningdek, paradda harbiy texnikalarning kamligi Rossiya imkoniyatlari pasayganidan dalolat berishi mumkinligini qayd etdi.

Bunga javoban Rossiya Mudofaa vazirligi ogohlantirish bilan chiqdi. Agar, 9-may tadbirlarini buzishga urinishlar bo‘lsa, Kiyev bo‘ylab yalpi raketa zarbalari beriladi.

“Sulh” haqidagi bayonotlarga qaramay, har ikki tomon ham vaziyatni keskinlashtirishga tayyor ekanini ko‘rsatmoqda. Harbiy harakatlardagi rasmiy tanaffuslar keskin ritorika bilan kuzatilmoqda va ularning front chizig‘ida amaldagi ijrosi so‘roq ostida qolmoqda.

Теги :
Jamiyat