Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

Hushyorxonadan oʻligi chiqqan fuqaro: aslida nima boʻlgan?

Chortoq ichki ishlar boshqarmasidan bir fuqaroning jasadi chiqdi.

2 daqiqa o‘qiladi

Hushyorxonadan oʻligi chiqqan fuqaro: aslida nima boʻlgan?

Namangan viloyati Chortoq tumani IIB da mast holatda olib kelingan erkak oʻzini hushyorxona darchasidagi panjara osib qoʻydi. Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan nazoratga olingan holda o‘rganildi.

Aslida nima boʻlgan?

Joriy yilning 7-apreldan 8-aprelga oʻtar kechasi erkak hushyorxonadagi parjaraga choyshab yordamida oʻzini osib qoʻydi. Holat yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) munosabat bildirdi.

Ombudsmanga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 7-aprel kuni soat 20:00larda marhumning turmush o‘rtog‘i erining uyga mast holatda kelib, janjal qilayotganligi haqida Chortoq tumani IIB profilaktika inspektoriga xabar qilgan.

Profilaktika inspektori murojaatni joyiga chiqib o‘rgangan va marhumni hushyorlantirish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan markaziy shifoxonaga olib borgan. Profilaktika inspektori tegishli hujjatlar va dalolatnoma rasmiylashtirgan holda marhumni soat 21:58da hushyorxonaga topshirgan.

Marhum I.U 2024 yil 8 aprel kuniga o‘tar kechasi soat 00:45larda ushbu hushyorxonaning darchasidagi temir panjarasiga choyshabdan sirtmoq yasab, o‘zini o‘zi bo‘yin sohasidan osib, o‘z joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etgan.

Ekspertiza xulosasi

Ombudsmanga taqdim etilgan Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Namangan filiali Yangiqo‘rg‘on tumanlararo bo‘linmasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, U.I.ning o‘limi “bo‘yin sohasining siqilishidan kelib chiqadigan mexanik asfiksiya, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi” oqibatida sodir bo‘lgan.

"Uning tanasida “bo‘yin qismidagi strongulatsion egat”dan boshqa tan jarohatlari aniqlanmadi" - deyiladi Ombudsman xabarida.

Maʼlumotlarga qaraganda, hozirda holat yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.