Paradoks: "Ibratli sudya" mukofoti bilan taqdirlangan sudya pora bilan qo'lga tushdi
"Ibratli sudya" mukofoti 2020-yilda joriy etilgan bo'lib, ushbu mukofot bilan odil sudlovni amalga oshirishda samarali faoliyat yuritgan sudyalar taqdirlanadi.
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda iqtisodiy ishlar bo'yicha viloyat sudyasi 3000 AQSH dollar pora bilan ushlandi. U "Ibratli sudya" mukofoti bilan taqdirlangan edi. Bu haqda jurnalist, inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov o‘zining Facebook sahifasida ma'lum qildi.
"Ibratli sudya" mukofoti
"U kishining bugungi ishi boshqa hamkasblariga ibrat bo‘lmasin ishqilib", - deb yozdi Abdurahmon Tashanov.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Ibratli sudya" mukofoti 2020-yilda joriy etilgan. Ushbu mukofot bilan odil sudlovni amalga oshirishda samarali faoliyat yuritgan sudyalar taqdirlanadi.
Oliy Suddan rasmiy bayonot kutib qolamiz
Xabarda uning ismi sharifi keltirilmagan. Shuningdek, hozircha holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirilmadi.



