$
 12884.62
-15.29
 13495.35
-12.15
 148.85
2.11
weather
+26
Кечаси   +14°

Anora Sodiqova va Mirsaid Haydarov sudi yopiq o‘tadigan bo‘ldi

sud

Avvalroq “Uzdiplomat” internet-nashri bosh muharriri Anora Sodiqova bloger Mirsaid Haydarov ustidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgan. Bugun, 26-fevral kuni mazkur ish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Ammo sud yopiq o‘tadigan bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari ma’lum qildi.

Bunga sabab nima?

Unga ko‘ra, bugungi sud majlisida javobgar Mirsaid Haydarov da’vo ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan tanishtirilgan. Da’vogar Anora Sodiqova esa sudga kiritilgan da’vo arizasini to‘ldirish haqida arizani taqdim qilgan. 

“Shundan so‘ng, da’vogarning advokati tomonidan Fuqarolik-protsessual kodeksining 208-moddasiga asosan sud majlisini ochiq tarzda o‘tkazilishi hamda ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilinishi haqida iltimosnoma kiritdi. O‘z navbatida, javobgarning advokati nizo predmeti javobgarning shaxsi, uning hayoti va shaxsiy yozishmalari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli sud majlisini yopiq tarzda o‘tkazish haqida iltimosnoma kiritgan. Sud majlisida da’vogar, javobgar va ularning vakillarining iltimosnomalari bo‘yicha fikrlari hamda e’tirozlari eshitilib, raislik etuvchi javobgar vakilining iltimosnomasini qanoatlantirish, da’vogar vakilining iltimosnomasini esa Fuqarolik-protsessual kodeksining 12-moddasi 3-qismiga asosan rad qilish, ya’ni, ishni yopiq sud majlisida ko‘rish haqida ajrim e’lon qilindi. Shu tariqa ushbu fuqarolik ishi bo‘yicha sud majlislari yopiq tarzda bo‘lib o‘tishi belgilandi”, deyiladi xabarda.

Ariza mazmuni qanday?

Ma’lumot uchun, Anora Sodiqova o‘z arizasida javobgar Mirsaid Haydarovga “Uzdiplomat” internet-nashridan uzr so‘rash va raddiya berish majburiyatini yuklagan hamda ma’naviy zarar undirishni so‘ragan. Da’vo arizasi haqidagi ilk xabarlarda uning bloger tomonidan ijtimoiy tarmoq, turli anonim kanallarda o‘z sha’ni, qadr-qimmati kamsitilgani va tuhmatga uchragani haqida bayon qilingan edi. Ammo blogerning o‘zi bugun, 26-fevral kuni da’vo arizasiga bunday mazmundagi shikoyat kiritilmaganini ma’lum qildi.

Теги :
Jamiyat