$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Sudyalar o‘tgan yilni qanday o‘tkazdi?

huquq ustuvorligi

Oʻzbekistonda faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun oʻtgan yilda 49 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi e’lon qilindi.

1-mart kuni AOKAda Sudyalar oliy kengashining 2023-yildagi faoliyati sarhisobi bo‘yicha matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. 

Vakolati tugatilgan sudyalar

Oʻzbekistonda faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun oʻtgan yilda 49 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi e’lon qilindi. Bu haqda 1-mart kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan Sudyalar oliy kengashining 2023-yildagi faoliyati sarhisobi bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qilingan.

Chetlatishlar sababi

Ma’lum qilinishicha, sudyalarning 22 nafari o‘z arizasiga ko‘ra, 2 nafari vafot etgani munosabati bilan, 17 nafari sudyalik qasamyodini, 8 nafari Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani uchun lavozimidan ozod qilingan. Shuningdek, vakolat muddati yakuniga yetgan 10 nafar sudya ushbu lavozimda bo‘lishning navbatdagi muddatiga noloyiq deb topilgani aytib oʻtildi.

Deputatlar xatoliklari

Brifing davomida yana shular ma’lum boʻldiki, Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining sudlarga turli vazifalar yuklash haqidagi 9 ta qarori bekor qilingan. Bunda 2 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va 1 ta holat bo‘yicha sudyaga nisbatan chiqarilgan ma’muriy javobgarlikka oid qaror bekor qilingan. Yana 1 ta holat bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, ayni paytda tizimda 1 ming 409 nafar sudya faoliyat olib bormoqda.