$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Komil Allamjonovning xodimlari Oliy sud tomonidan oqlandi

Komil Allamjonov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida Komil Allamjonovning uyida ishlagan shaxslarga nisbatan ilgari chiqarilgan ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha qarorlar bekor qilindi.

Oqlov

21-fevral kuni taftish tartibida ko‘rib chiqilgan ish yuzasidan B. Yoqubov, S. Siddikov, A. Qurbonmurodov, A. Toshov, A. Salimov, J. Turg‘unov va X. Zufarovga nisbatan ilgari chiqarilgan sud qarorlari bekor qilindi va ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish yopildi.

Nima sababdan?

Sud qaroriga ko‘ra, ularga qo‘yilgan ayblovlarni isbotlovchi yetarli dalillar topilmadi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi 1-bandiga asosan bu ish butunlay yopildi.

Surishtiruvda xatolikka yo‘l qo‘yganlar kimlar?

Sud, shuningdek, mazkur huquqbuzarlik ishini noto‘g‘ri yuritgan va dalillar yetarli emasligini e’tiborga olmagan Ichki ishlar xodimiga nisbatan Ichki ishlar vazirligiga hamda sud jarayonida noxolislikka yo‘l qo‘ygan sudyalarga nisbatan Sudyalar malaka hay’atiga xususiy ajrim chiqarish orqali chora ko‘rishga ko‘rsatma berdi.

Теги :
Jamiyat